Argentina terma jamoasini boshqarishga uch nafar mutaxassis nomzodlik qilmoqda.
El Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, ular - Marselo Galyardo («River Pleyt»), Diyego Simeone («Atletiko») va Rikardo Gareka (Peru terma jamoasi). Mutaxassislarning barchasi argentinalikdir.
Avvalroq, JCH-2018 musobaqasidagi muvaffaqiyatsizlik tufayli, Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Xorxe Sampaoli iste’foga chiqarilishi haqida xabarlar tarqalgan edi.