Argentina terma jamosining sobiq futbolchisi Diyego Maradona Angliya – Kolumbiya uchrashuvini boshqargan hakam Mark Geygerni tanqid ostiga oldi.
“Infantino bilan ilk bor suhbatlashganimda FIFA’da xamma narsa o‘zgaradi deb o‘ylagandim.
Lekin, Angliya – Kolumbiya uchrashuvida hech narsa o‘zgarmaganligiga guvoh bo‘ldim. Hakam futboldan ko‘ra beysbolni yaxshi tushunsa kerak. U o‘g‘ri”, – deydi Maradona.