O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan yurtimizdagi hakamlar saviyasini oshirish va futbol uchrashuvlarida sifatli hakamlikni ta’minlash uchun bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.
Jumladan, bugun Pro-liga uchrashuvlarini boshqarayotgan bosh hakamlar va ularning yordamchilari Yengil atletika federasiyaga qarashli yugurish yo‘lakchasida jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha test-sinovlari topshirishdi.
Test-sinovlarini O‘FA Hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi boshlig‘i Ma’mur Saidqosimov va boshqarma mutaxassislari Baxtiyor Namozov hamda Bobur Haydarovlar olishmoqdi.
Test sinovlaridan so‘ng nazariy bilimlar bo‘yicha imtihonlar boshlanadi.













