Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan 3-0 Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

Superliga, Pro-liga hakamlari va inspektorlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Superliga, Pro-liga hakamlari va inspektorlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -

Bugun Milliy olimpiya qo‘mitasida Superliga, Pro-liga bosh hakamlari, laynsmenlari hamda isnspektorlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda PFL Bosh direktori Omon G‘ofurov, O‘zbekiston Futbol Assosiasiyasi mutasaddilari, bosh hakamlar va laynsmenlar ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston futbol Assosiasiyasi tomonidan hakamlarga barcha sharoitlar yaratib berilayotgani, O‘FA 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonov hakamlarni muntazam ravishda rag‘batlantirish borish tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriq bergani, bundan ko‘zlangan asosiy maqsad yurtimizda hakamlik saviyasini oshirish, o‘yinlarning xolis va adolatli boshqarilishini ta’minlashdar iborat ekanini aytib o‘tdi.

Hakamlar uchun xorijda o‘quv-mashg‘ulotlar tashkil qildik, ular uchun turli seminarlar o‘tkazilyapti. Yevropa va Osiyoning futboli rivojlangan mamlakatlari futbol federasiyalari bilan memorandumlar imzolandi, hamkorlik bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Ana shu memorandumlardan unumli foydalanib, yosh hakamlar uchun xorijda turli seminarlar tashkil qilish rejalashtirilgani ham ta’kidlandi.

PFL bosh direktori Omon G‘ofurov hakamlarimiz o‘z ustilarida ko‘proq ishlab, o‘yinlarni adolatli boshqarib, futbol rivojiga hissa qo‘shishlari kerakligini bildirib o‘tdi.

“Jahon chempionati munosabati bilan Superliga bahslarida tanaffus yuzaga kelgandi. Mana endi qisqa tanaffusdan keyin Superliganing o‘yinlari davom ettiriladi. Hakamlar zimmasida nihoyatda mas’uliyatli vazifa turibdi. Uchrashuvlarning qiziqarli kechishi ko‘p jihatdan sizlarga ham bog‘liq. Bu yog‘iga Superliga o‘yinlari yanada qiziqarli kechadi. Hakamlar o‘zlarining xatti-harakatlari bilan o‘yin tempini tushirib yubormasliklari, o‘yinni “buzib” qo‘ymasliklari kerak.

Shuningdek, hakamlardan uchrashuvlarni adolatli boshqarish, turli g‘irromliklarga aralashmaslik talab etiladi. Hozirda kelishilgan o‘yinlarga qarshi juda jiddiy kurash kechmoqda. O‘FAda Kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus inspeksiya tashkil qilingan bo‘lib, ushbu inspeksiya Ichki ishlar vazirligi va Bosh prokuratura bilan hamkorlikda futbolda xolislikni ta’minlash uchun ish olib bormoqda. Turli “o‘yinlar”ga aralashib yurgan ba’zi insonlar haqida bizda ma’lumot bor. Bu bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilmoqda. Futbolimiz rivojiga to‘sqinlik qilayotgan bunday insonlar qattiq jazoga tortiladi.

Hakamlardan ana shunday “o‘yinlar”ga aralashib qolmaslikni, aksincha, bunday ishlarni qilayotgan futbolchilar yoki klublar vakillari haqida xabarlari bo‘lsa, bizga ma’lum qilishlarini so‘rab qolamiz”, - dedi Omon G‘ofurov.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 16:58, 06.07.2018.
O'qildi: 1891 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.