Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Taekvondo bilan tanishish bog‘chadan boshlanadi

Taekvondo bilan tanishish bog‘chadan boshlanadi

Baho:
+ | -

Respublikamizning turli hududlaridagi maktabgacha ta’lim muassasalarida taekondo WTFni ommalashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Namangan viloyatidagi taekvondo murabbiylari bolajonlar bilan uchrashib, turli ko‘rgazmali chiqishlarni namoyish etishdi. Kosonsoy tumanida joylashgan 5-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida esa murabbiy Doston Hakimov yosh avlod vakillariga taekvondo sir-asrorlari bo‘yicha saboq berdi. Shuningdek, Chust tumanidagi MTMda Zuhra Maxsimchayeva, Namangan shahridagi 55-sonli MTMda Olimpiya zaxiralari kolleji murabbiylari Mirlaziz Shomatov, Ahror Samiyev va Davron Soataliyevlar bolajonlarga sportning ushbu turi bo‘yicha o‘z mahoratlarini ko‘rsatib berishdi.

Qashqadaryoning Chiroqchi tumanida joylashgan 5-sonli MTMda esa Bobur Burxonov «Taekvondo bilan do‘stlik» tadbirini o‘tkazdi. Unda ko‘rgazmali chiqishlar o‘tkazildi va bolakaylar uchun yangi taekvondo guruhi tashkil qilindi.

Bunday tadbirlar Respublikamizning turli hududlari bo‘ylab davom etmoqda.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 17:09, 06.07.2018.
O'qildi: 2081 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик