Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/11 05:00 Urugvay - Kolumbiya
14/11 05:00 Peru - Chili
14/11 14:10 Avstraliya 0-0 Saudiya Arabistoni
14/11 17:00 KXDR 2-3 Eron
14/11 19:00 Bahrayn 0-1 Xitoy
14/11 19:00 Kuvayt 1-3 Janubiy Koreya
14/11 21:00 Ummon 1-0 Falastin
14/11 21:15 Iroq 0-0 Iordaniya
14/11 21:15 Qatar 3-2 O‘zbekiston
14/11 21:15 BAA 3-0 Qirg‘iziston
15/11 02:00 Venesuela 1-1 Braziliya
15/11 04:30 Paragvay 2-1 Argentina
15/11 05:00 Ekvador 4-0 Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya - Yaponiya

«Pentakampeonlar» JCH-2018ni tark etishdi

«Pentakampeonlar» JCH-2018ni tark etishdi

Baho:
+ | -

Jahon chempionatini yana bir favorit tark etdi. Belgiya terma jamoasi chorak finalda Braziliyani mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi. Bu jamoalar muxlislarga Mundialdagi eng yorqin o‘yinni namoyish qilib berishdi.

Uchrashuvning 5-daqiqasidayoq hisob ochilishi mumkin edi. Marselo burchak zarbasini amalga oshirganidan keyin to‘p shundoqqina darvoza oldida turgan Tiago Silvaning oyog‘idan to‘ppa-to‘g‘ri ustunga tegdi. Oradan 4 daqiqa o‘tib Braziliya ikkinchi burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Bu safar Paulinyo yaqin masofadan muvaffaqiyatli zarba bera olmadi. Agar mana shu ikkita vaziyatlardan biri gol bilan yakunlanganida, o‘yinning taqdiri butunlay boshqacha kechishi mumkin edi.

Uchrashuvning 13-daqiqasida belgiyaliklar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdiyu, Fernandinyo o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. O‘yinning 31-daqiqasiga kelib Belgiya qarshi hujumni samarali yakunladi. Kevin de Bryuyne 18 metrlardan aniq zarba bilan hisobni 0:2ga yetkazdi.

Shundan so‘ng Tibo Kurtuaning yulduzli onlari boshlanib ketdi. U "sariq devlar" tomonidan yaratilgan vaziyatlarni birin-ketin yo‘qqa chiqara boshladi. Ayniqsa, ikkinchi bo‘limning dastlabki 30 daqiqasida Tite shogirdlari shu qadar ko‘p vaziyat yaratishdiki, "qizil iblislar" mudofaa chizig‘i va posboni katta qiyinchilik evaziga ularni bartaraf etishdi.

Darvoqe, uchrashuvni boshqarib borgan Milorad Majich ikki marta Belgiya darvozasi tomon penalti belgilashi mumkin edi. Dastlab Fellayni o‘z jarima maydonchasi ichida Neymarni yiqitgan paytda hakam braziliyalik futbolchi simulyasiya ishlatdi deb hisobladiyu, VAR bo‘yicha mutaxassislarga murojaat qilib o‘tirmadi. Keyinchalik esa Jezus-Kompani to‘qnashuvida referi videotakrordagilar bilan maslahatlashib, penalti bergilamaslikka qaror qildi.

O‘yin tugashiga 15 daqiqa qolganida Braziliya bitta javob to‘pini kiritdi. Koutinyoning zargarona uzatmasini Renato Augusto bosh bilan darvozaga joylab qo‘ydi. Oradan bir necha daqiqa o‘tib ushbu futbolchining o‘zi hisobni tenglashtirishi mumkin edi, ammo uning 16 metrdan yo‘llagan zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi.

Qo‘shib berilgan daqiqalarning uchinchisi o‘tib borayotgan paytda Neymar hisobni tenglashtirishi mumkin edi. U 20 metrlardan juda murakkab zarba berdi, biroq Kurtua bu zarbani ham qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.

Shu tariqa, Belgiya terma jamoasi 32 yillik tanaffusdan keyin yarim finalga yo‘l oldi. Roberto Martines shogirdlari final yo‘llanmasi uchun Fransiyaga qarshi maydonga chiqadi.

JCH-2018, chorak final
Braziliya – Belgiya 1:2 (0:2)
Gollar: 0:1 – 13, avtogol Fernandinyo, 0:2 – 31 de Bryuyne, 1:2 – 76 Renato Augusto.
Braziliya – Alisson, Tiago Silva, Marselo, Fagner, Miranda, Paulinyo (Renato Augusto, 73), Fernandinyo, Koutinyo, Villian (Firmino, 46), Neymar, Gabriel Jezus (Duglas Kosta, 58).
Belgiya – Kurtua, Kompani, Vertongen, MenYE, Alderveyreld, Fellayni, Shadli (Vermalen, 83), de Bryuyne, Vitsel, Azar, Lukaku (Tilemans, 87).
Ogohlantirishlar: Alderveyreld (47), Menye (71), Fernandinyo (85), Fagner (90).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 00:57, 07.07.2018.
O'qildi: 5660 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.