Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

“Olimpiya kelajagi”. Taekvondo WTF bellashuvlarida Surxondaryo terma jamoasi g‘olib bo‘ldi

“Olimpiya kelajagi”. Taekvondo WTF bellashuvlarida Surxondaryo terma jamoasi g‘olib bo‘ldi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi tashabbusi bilan sportning boks, taekvondo WTF, sport kurashlari va dzyudo kabi turlaridan viloyat terma jamoalari o‘rtasida “Olimpiya kelajagi” turniriga asos solingan. Iqtidorlarni kashf etish, terma jamoa uchun yangi nomlarni saralab olish maqsadida tashkil etilgan ushbu musobaqa hududlarga bo‘lingan holda tashkil etildi. Hudud bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etgan terma jamoalar esa hal qiluvchi final bahslarida qatnashish huquqini qo‘lga kiritishgandi.

Qayd etib o‘tish lozimki, seleksiya ishlarini mustahkamlash, ommaviylikni ko‘tarish maqsadida taekvondo bahslarida saralash bosqichida muvaffaqiyatli qatnashgan ikkitadan terma jamoa final bosqichiga taklif qilindi. Demak, sportning ushbu turi bo‘yicha sovrinli o‘rinlar uchun 8ta terma jamoa kurash olib bordi. Kecha boshlangan bellashuvlar yakuniga ko‘ra, Toshkent shahri va Surxondaryo viloyati jamoalari hal qiluvchi final bosqichiga yetib borishdi.

Bugun esa poytaxtimizda taekvondo WTF assosiasiyasiga qarashli “Universal” sport majmuasida final bo‘lib o‘tdi. Hal qiluvchi bahslar oldidan tantanali tadbir tashkil etildi. Tadbirda ishtirok etgan O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov so‘zga chiqar ekan, musobaqaning qay darajada ahamiyatli ekanligi, ushbu turnir orqali yangi nomlar kashf etilayotganini ma’lum qilib, ishtirokchilarga omad tiladi.

Respublikamiz madhiyasidan so‘ng yosh taekvondochilar o‘zlarining ko‘rgazmali chiqishlari bilan yig‘ilganlarni xushnud etishdi. O‘zbek estradasi yulduzlari Alisher Fayz, Shohruhxon va “Afro‘z” guruhining chiqishlari esa tadbirga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Shundan so‘ng janglarga start berildi. Toshkent shahri va Surxondaryo viloyati taekvondochilarining keskin va shiddatli kechgan janglarida 49:49 natijasi qayd etildi. Shundan so‘ng oltin ochkoga murojat qilindi. Unda esa surxondaryolik sportchi dastlabki ikki ochkoni qo‘lga kiritdi va jamoasiga g‘oliblikni taqdim etdi.

Shu tariqa, taekvondo WTF bo‘yicha bellashuvlarda Surxondaryo viloyati terma jamoasi sportchilari oltin medallarni qo‘lga kiritishdi. Toshkent shahri vakillari esa kumush medal bilan kifoyalanishdi. Yarim finalgacha yetib borgan Farg‘ona va Toshkent viloyati sportchilariga bronza medallari nasib qildi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 18:58, 07.07.2018.
O'qildi: 2322 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.