Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Futzal. Jizzaxda "So‘g‘diyona" O‘zbekiston terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi

Futzal. Jizzaxda "So‘g‘diyona" O‘zbekiston terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi

Baho:
+ | -

Bugun “So‘g‘diyona” sport majmuasi zalida “So‘g‘diyona” futzal jamoasi o‘z maydonida o‘zbek futzal yulduzlaridan tashkil topgan O‘zbekiston terma jamoasini qabul qildi.

So‘zsiz Jizzaxlik muxlislar bundan juda xursand bo‘ldi va natijada zalda bo‘sh o‘rindiqlar qolmadi. Uchrashuvni tomosha qilish uchun kelgan ko‘plab muxlislar qiziqarli va gollarga boy o‘yinning guvohiga aylanishdi. Bugungi bahsda “So‘g‘diyona” futzal jamoasi a’zosi Dilshod Rahmatov O‘zbekiston terma jamoasi safida harakat qildi. Jami 11 ta gol kiritilgan o‘yin 6:5 hisobida O‘zbekiston yulduzlari terma jamoasi g‘alabasi bilan yakunlandi.

“So‘g‘diyona” - O‘zbekiston terma jamoasi 5:6
Gollar: Shuxrat Suyarqulov, Sirojiddin Shokirov, Ilxom Xamroyev ,Otamurod Jumanov, Botir Rizayev, Javlon Anorov, Davron Choriyev (3 ta), Farhod Abdumavlonov (2 ta).
"So‘g‘diyona" (birinchi beshlik): Oybek Akmalov, Otamurod Jumanov, Shuhrat Suyarqulov, Eldor Meliyev, Sirojiddin Shokirov
Zaxira tarkib: DoniyorTohirov, Ilhom Hamroyev, Sohib Narzullayev, Firdavs Ravshanov, Shohjahon Shoxnazarov, Dilmurod Jumanov, Botir Rizayev, Fayoz Jo‘raboyev.

O‘zbekiston futzal yulduzlari jamoasi (birinchi beshlik): Rustam Umarov, Shuhrat Tojiboyev, Javlon Anorov, Dilshod Rahmatov, Farhod Abdumavlonov.
Zaxira tarkibi: Jamol Sharipov, Konstantin Sviridov, Davron Choriyev, Maxsud Fayzullayev.

Shu o‘rinda yana bir ma’lumot. “So‘g‘diyona” futzal jamoasi murabbiylari tarkibni kuchaytirish borasida ish olib bormoqda. Jamoa tarkibiga Dilshod Rahmatov, Ilhom Hamroyev, Sohib Narzullayev, Firdavs Ravshanov kabi tajribali futbolchilar taklif etildi.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 22:36, 07.07.2018.
O'qildi: 2822 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик