Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor 0-1 Paxtakor
27/07 20:00 Andijon 2-0 Buxoro
27/07 20:00 Lokomotiv 3-0 So‘g‘diyona
28/07 20:00 Nasaf - Qizilqum
28/07 20:00 Xorazm - Surxon
28/07 20:00 Neftchi - Navbahor

O‘zilning otasi: "Germaniya yutsa - hamma yutadi, agar yutqazsa - Mesut aybdor"

O‘zilning otasi: "Germaniya yutsa - hamma yutadi, agar yutqazsa - Mesut aybdor"

Baho:
+ | -

Germaniya terma jamoasi yarimhimoyachisi Mesut O‘zilning otasi Mustafo O‘zil Turkiya prezidenti Rejeb Erdo‘g‘on bilan suratga tushgani uchun o‘g‘liga bo‘lgan hushtakbozliklarni qoraladi.

"Agar uni o‘rnida bo‘lganimda: "Rahmat, ammo endi oshirib yubordingiz" degan bo‘lardim. U ranjigan va haqorat qilingan. Ha u haqorat qilingan, o‘z muxlislari jahon chempionati oldidan unga hushtakbozlik qilishdi. U buni tushunmayapti.

U doim o‘zini oqlashga majbur emas. Mesut Germaniya termasida 9 yil o‘ynadi va jahon chempioni bo‘ldi.

Agar yutsak - birgalikda g‘alaba qozongan bo‘lamiz, yutqazsak - hammasi O‘zil tufayli. Unga hushtak chalishmoqda, shafqatsizlik qilishmoqda. Uning nimalarni his qilayotganini tushunaman.

BU Mesutning Erdo‘g‘on bilan birinchi surati emas. Mesut - sportchi, u futbol o‘ynaydi va siyosatga aloqasi yo‘q", - deydi ota.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 17:33, 08.07.2018.
O'qildi: 3549 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик