Yarim himoyachi Jek Uilsher faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.
26 yoshli futbolchi “Vest Xem” bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi.
Ma’lum bo‘lishicha, tomonlar shartnoma bo‘yicha muzokaralarni bir-necha kun ichida hal qilishadi va Uilsher shartnomaga qo‘l qo‘yadi.
Eslatib o‘tamiz, Uilsher “Fenerbaxche” bilan muzokara olib borish uchun Turkiyaga borgan edi.