Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor 2-0 Surxon
12/04 17:00 Dinamo 1-2 Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna 1-1 Betis
12/04 18:00 Parma 1-1 Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas 2-1 Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest 1-1 Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend 1-0 Tottenhem
12/04 18:15 Andijon 1-2 OKMK
12/04 19:15 Malyorka 3-0 Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi 0-3 Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya 2-0 Lechche
12/04 21:30 Selta 0-3 Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo 3-4 Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

Jahon chempionlarini tarbiyalayotgan yurt: Adhamjon Ergashev og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempioni!

Jahon chempionlarini tarbiyalayotgan yurt: Adhamjon Ergashev og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempioni!

Baho:
+ | -

Toshkent shahrida og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Bugun musobaqa doirasida erkaklar o‘rtasida -62 kg vazn toifasidagi sportchilar o‘rtasida bahslar bo‘lib o‘tdi. Quvonarlisi, mazkur vazn toifasida oltin medallar O‘zbekiston terma jamoasi a’zosiga nasib etdi. Adhamjon Ergashev dast ko‘tarishda 135kg, siltab ko‘tarishda esa 160kg toshni o‘ziga bo‘ysundira oldi. Umumiy hisobda 295 kg tosh ko‘targan Ergashev har uchchala yo‘nalishda ham oltin medalga ega chiqdi.

Qayd etib o‘tish lozimki, Adhamjon o‘z vaqtida o‘smirlar o‘rtasida jahon chempioni, o‘tgan yili kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionatida esa bronza medali sohibiga aylangandi.

Milliy olimpiya qo‘mitasi ushbu muvaffaqiyat bilan O‘zbekiston og‘ir atletika federasiyasini, sportchi va uning murabbiylarini tabriklaydi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 22:39, 08.07.2018.
O'qildi: 4415 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик