Xorvatiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zlatko Dalich Angliyaga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yin haqida fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Keyn haqoniy to‘purar, u jahon chempionatini yuqori ruhda o‘tkazyapti. Lekin, bizda uni to‘xtatishni uddalaydigan futbolchilar bor.
Bir safar, Messi to‘xtatgandik. O‘ylashimcha, Chorluka va Vida tajribali futbolchilar. Ular Keynni yopa olishadi”, – deydi Dalich.
Ma’lumot uchun, Xorvatiya-Angliya uchrashuvi 11 iyul kuni Toshkent vaqti bilan 23.00 da boshlanadi.