Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Mundial kundaligi: kim nima uchun g‘alaba qozonadi?

Mundial kundaligi: kim nima uchun g‘alaba qozonadi?

Baho:
+ | -
Fransuzlar mundialning qolgan qismida favorit sifatida ko‘rilyapti. Qiziq. Nega?   Boisi ularning hujum chizig‘i boshqa termalarnikiga nisbatan kuchliroq. Bu bitta sabab. Yarim himoya ham istalgan jamoaning markaziy qismidan yaxshi. Bu ikkinchi sabab. Xo‘sh, himoyachi? Mana shu qismida ozroq muammo bor. Argentina bilan bahsda bu yaqqol sezilib qoldi. Agar Urugvay bilan bo‘lgan uchrashuvda Kavani maydonga tushganda, himoyachilarga qiyin bo‘lishi aniq edi. To‘g‘ri, qanotlar yaxshi ishlayapti ammo markazda kamchilik mavjud. Varan hamda Umtiti juftligi to‘laqonli ravishda bir-biriga moslashib olishganicha yo‘q. Aynan shu jihat raqibga qo‘l kelishi mumkin.   Belgiyada esa vaziyat sal boshqacharoq. Markaz kuchli bo‘lsada, qanotlardagi futbolchilar pozision hujum davomida oldinga intilaverishmaydi. Bu yaxshi albatta. Biroq fransuzlarga nisbatan qanotlarni boy berib qo‘yishlik muqarrar mag‘lubiyat degani. Boisi ularning o‘ng va chap qanotlardagi hujumchilari juda ham tezkor. Va buni deyarli hamma o‘yinda ko‘rib kelmoqdamiz.   Agar Belgiya xuddi Braziliyaga qarshi o‘yindagidek harakat qilsa, Fransiyaga oson kechmasligi mumkin. Chunki ular bitta to‘p oshirish bilan hujumga chiqib ketish uslubini qo‘llashmoqda. Ammo “uchrangli”larning qanot himoyachilari Titening jamoasi singari hujumda uzoq ushlanib qolmaydi. Va bu Belgiyaning qarshi hujumlarini bartaraf etishda qulay usul sanaladi.   Chorak finalda Kurtuaning harakatlari barchani hayratga soldi. U haqiqiy qahramon bo‘ldi. Butun o‘yin davomida u 9 ta seyv amalga oshirdi. Dahshat. U termani yarim finalga chiqishida asosiy bo‘g‘in bo‘ldi. Mana shu o‘yinini fransuzlarga qarshi ham ko‘rsata olsa, jamoa finalga chiqadi. Lyoris ham chorak finalda juda yaxshi harakat qildi. Bu jamoa uchun muhim. Ammo markaziy himoyachilar shu zaylda o‘ynashda davom etsa, u yordam bera olmaydi. Albatta, murabbiy shu jihatga ko‘proq e’tibor berishi lozim.   Murabbiylarga keladigan bo‘lsak, biri taktika hisobiga jamoasini shu bosqichga olib keldi, boshqasi mahorat evaziga. Roberto Martines Belgiyani bir butun jamoaga aylantira oldi. Ilgarilar tarkib ikkiga bo‘linib olgandi. Tushlik va kechki ovqatlanish mahallarida futbolchilar ajralishi kuzatilardi - valloniyalik futbolchilar alohida, flandriyaliklar alohida o‘tirishardi. Ammo bu safargi jahon chempionatida ular bir tanu bir jon bo‘lishgan, ular flandriyacha yoki valloncha emas, bir tilda - ingliz tilida so‘zlashishmoqda. Bu esa jamoa ruhiyatiga juda ham yaxshi ta’sir qiladi. Ishonmasangiz Anridan so‘rang.   Desham qo‘l ostida tajribasizroq bo‘lsa ham yangicha qarashga ega bo‘lgan, kreativ harakatlarga o‘ch futbolchilar bisyor. Zamonaviy futbolda bu ayni muddao. Va yana finalga yo‘llanma degani ham. Didiyening mundialdan avval ko‘pchilik tanqid qilgandi, biroq uning tanlagan tarkibi hozircha pand bergani yo‘q. Demak, uning qarorlari to‘g‘ri.   Xo‘sh, termalar shu kungacha necha marotaba maydonga tushishgan? Umumiy hisobda 73 marta. Adashmadingiz. Noto‘g‘ri ma’lumot emas. Ularning 24 tasida Fransiya, 30 bahsda esa Belgiya zafar quchgan. 19 uchrashuv durang bilan yakunlangan. O‘yinlarning oltitasi jahon chempionatlariga to‘g‘ri keladi. Uning 4 tasida fransuzlar, bir uchrashuvda belgiyaliklar g‘olib bo‘lishgan. Bir o‘yin hisob ochilmagan holatda tugagan. Mundiallarda “uchrangli”lar oldinda. Bu faktorni ham hisobdan chiqarmaslik lozim. Belgiya chorak finalda kimni musobaqadan chiqarib yuborganligini ham unutmang!   Fransiya – Belgiya   “Sankt-Peterburg” stadioni, Sankt-Peterburg   O‘yin Toshkent vaqti bilan 23:00da boshlanadi.   Bosh hakam: Andres Kunya (Urugvay)
Manba: www.uza.uz
Kiritildi: 15:53, 10.07.2018.
O'qildi: 3236 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.