Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Aleksandr Shadrinni eslab…

Aleksandr Shadrinni eslab…

Baho:
+ | -

Yaqinda Toshkent viloyatining Bo‘ka tumaniga borganimda, Aleksandr Shadrinning ota-onasini yo‘qladim. Barchamiz birgalikda Sashaning qabri ustiga gullar qo‘ydik...

Uning otasi Vyacheslav Mixaylovich va onasi Larisa Fyodorovna o‘g‘illarining qanday inson bo‘lganini hayajon bilan so‘zlab berishdi.

U KELAJAGI PORLOQ FUTBOLCHI EDI

Bundan to‘rt yil avval Toshkentning «Lokomotiv» klubi va O‘zbekiston milliya termasining iqtidorli futbolchisi Aleksandr Shadrin vafot etgandi... Agar u hozir oramizda bo‘lganida bu yil 30 yoshini qarshilagan bo‘lardi!

Aleksandr Shadrin o‘z vaqtida mamlakatimizning kelajagi porloq hujumchilaridan biri sifatida tilga olinardi. U bosh jamoamizning Yaponiya termasiga qarshi uchrashuvida yagona g‘alaba goli muallifiga aylanib, O‘zbekis­ton futboli tarixiga kirgandi.

QISHLOQDAGI FUTBOL MAKTABI TARBIYALANUVCHISI

Aleksandr 1988 yilning 4 sent-yabrida Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida tug‘ilgan. U tavallud topgan kichik shaharchada 25 ming aholi istiqomat qilardi. Shadrin futboldagi ilk qadamlarini 9 yoshga to‘lganida qo‘ygan.

Unga millionlar o‘yinidagi dastlabki qadamlarni qo‘yishda bo‘kalik murabbiylar Sharofiddin Sirojiddinov hamda Faxriddin Musayev ko‘maklashishgan. Sasha o‘z jamoasi safida eng faollardan biri bo‘lib, respublika sport musobaqalari g‘olibiga aylandi. «Umid nihollari», «Barkamol avlod», «Universiada» va boshqa turnirlarda zafar quchdi.

Aleksandr o‘smirlik chog‘laridayoq ancha o‘sishga erishib, yuqori darajada to‘p sura boshladi. 2003 yili iste’dodli futbolchi tajribali futbol mutaxassisi Sergey Artyomovich Arutyunovning e’tiborini qozondi... va uning shaxsiy tavsiyasiga ko‘ra, «Chig‘atoy» sport mahoratini oshirish respublika oliy maktabiga qabul qilindi.

Shadrinning yangi murabbiyi vazifasini Viktor Moiseev bajardi. Yosh Sasha shuningdek, O‘zbekiston o‘smirlar termasi tarkibida 2004 yilgi Osiyo chempionatida qatnashish orqali mashhur edi. O‘shanda o‘zining yuqori tezligi bilan Kiyevning «Dinamo» klubi seleksio­nerlari diqqatini tortgandi.

O‘ZBEKISTON O‘SMIRLAR VA YOSHLAR TERMASI A’ZOSI

Shadrin turli musobaqalarning tuman, shahar va viloyat bosqichlarida ishtirok etish orqali tajriba to‘pladi, u haqda futbol mutaxassislari iliq fikrlar bildira boshlashdi.

Ko‘p o‘tmay, uning iqtidori va kurashuvchanlik xarakteri yuksak baholanib, Aleksandr O‘zbekiston o‘smirlar va yoshlar termalaridan chaqiruv oldi. Yosh Sasha ushbu jamoalarning yetakchilaridan biri sanalardi. Shu tariqa, Shadrin o‘smirlar va yoshlar darajasida muvaffaqiyatli to‘p surdi.

O‘zbekiston o‘smirlar termasi katta murabbiyi Viktor Moiseev o‘sha damlarni yodga olarkan, jumladan shunday deydi: «1988 yilda tug‘ilgan (13 yoshli) bolalardan iborat jamoamiz o‘sha yili omadli start olgandi. May oyida shogirdlarimiz Markaziy Osiyo kubogini qo‘lga kiritishdi.

Mazkur musobaqaning hal qiluvchi bahsida azaliy raqib - Qozog‘iston termasi 1:0 hisobida taslim etildi. So‘ngra Qirg‘izistonda o‘tkazilgan xalqaro turnirda birinchi o‘rinni egallashdi. O‘shanda sakkizta jamoa qirg‘iz millati qahramoni Shadban-Botir nomidagi faxriy mukofotga ega chiqish uchun o‘zaro kuch sinashgandi.

Turnir taqvimi o‘ta zich bo‘lib, 5 kunda 5ta o‘yin o‘tkazish talab etilardi. Ammo bu omil shogirdlarimizga xalal bermadi. O‘zbekiston termasi barcha uchrashuvlarda g‘alaba qozonib, birinchi o‘rinni egalladi. Yakunda kubok va oltin medallar biznikilarga nasib qildi.

Darvoqe, o‘sha musobaqaning eng yaxshi to‘purari sifatida termamiz a’zosi Anvar Rajabov tan olingan, «eng foydali futbolchi»ga atalgan sovrin esa Aleksandr Shadringa topshirilgandi».

Bundan tashqari, Sashaga «sehrli tayoqcha» taxallusi ham qo‘yilgandi... «Aleksandr Shadrindagi futbol ko‘nikmalari, uning xarakteri, muvaffaqiyat sari dadil intilishi kelajagi porloq futbolchi bo‘lib yetishishida asosiy omil bo‘lib xizmat qildi», - deydi o‘sha kezlari O‘zbekiston o‘smirlar termasi murabbiylar shtabida ishlagan mutaxassis Anatoliy Loshinin.

PROFESSIONAL FAOLIYATI

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:05, 12.07.2018.
O'qildi: 4922 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.