Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Mundial kundaligi: Fransiya uchinchi, Xorvatiya esa birinchi marta finalda

Mundial kundaligi: Fransiya uchinchi, Xorvatiya esa birinchi marta finalda

Baho:
+ | -
Rossiyada o‘tayotgan Jahon chempionatining hal qiluvchi, so‘nggi pallasiga ham yetib keldik. Kutilmagan, ajoyib va hayratni oshiruvchi o‘yinlar yarim finalda ham davom etdi.    Didye Desham Yevro-2016 dan keyin terma jamoasini Jahon chempionati finaligacha ham olib chiqoldi. Va bu borada o‘ziga xos ajoyib natija o‘rnatdi. Belgiyaga qarshi uchrashuv taqdirini Samyuel Umtiti tomonidan kiritilgan yagona gol hal etdi.  Fransiya o‘z tarixida uchinchi marta mundial finalgi yo‘l oldi. 1998 yilda uch ranglilar Braziliyadan ustun kelgan bo‘lishsa, 2006 yili finalda Italiya termasiga imkoniyatni boy berishgandi. FIFA tarixida shuningdek, Gollandiya terma jamoasi ham uch marta finalga qadar yetib borgan. Hal qiluvchi o‘yinda eng ko‘p ishtirok etgan terma bu Germaniya – 8 marta. Braziliya hisobida 7ta final bor, Argentina va Italiya termalari esa 6 marta final ishtirokchisiga aylangan.  Fransuzlar so‘nggi oltita Jahon chempionatining uchtasida finalga chiqishning uddasidan chiqishdi.   Xorvatiya termasi Jahon chempionati tarixida ketma-ket uch marta overtaymda o‘ynagan ikkinchi jamoaga aylandi. Unga qadar 1990 yili Angliya shunday ko‘rsatkichni qayd etgan edi. Xorvatiya birinchi marta mundial finalida o‘ynaydigan bo‘ldi. Shu o‘rinda qayd etish lozim, birinchi marta Osiyo mintaqasida faoliyat olib borib, so‘ngra milliy terma jamoa ruliga o‘tirgan mutaxassis bu qadar ulkan yutuqni qo‘lga kirityapti. Gap Xorvatiya terma jamoasi ustozi Zlatko Dalich haqida ketyapti. Bundan to‘rt yil muqaddam u BAAning Al Ayn shahri jamoasini boshqargan, mazkur klub bilan bir martadan mamlakat chempionati, Prezident Kubogi va Osiyo Chempionlari ligasi finalida o‘ynagandi. Keyingi bekat esa milliy terma bilan Jahon chempionati finali bo‘ldi.   Yarim final. 10 iyul. “Sankt-Peterburg” stadioni. FRANSIYA - BELGIYA - 1:0  Bosh hakam: Andres Kunya (Urugvay). Fransiya: Ugo Lyoris, Lyuka Ernandes, Samyuel Umtiti, Rafael Varan, Benjamen Pavar, Pol Pogba, Ngolo Kante, Blez Matyuidi (Korentin Tolisso, 86), Kilian Mbappe, Antuan Grizmann, Olivye Jiru (Stiven Nzonzi, 85). Belgiya: Tibo Kurtua, Tobi Alderveyrld, Vensan Kompani, Yan Vertongen, Naser Shadli (Mishi Batshuayi, 90+1), Maruan Fellayni (Karrasko, 80), Aksel Vitsel, Mussa Dembele (Dris Mertens, 59), Kevin De Bryuyne, Eden Azar, Romelu Lukaku. Gol: Samyuel Umtiti (52). Ogohlantirishlar: Ngolo Kante (87), Kilian Mbappe (90+3) - Eden Azar (63), Tobi Alderveyrld (71), Yan Vertongen (90+4).   11 iyul. Moskva. “Lujniki” stadioni.  XORVATIYA - ANGLIYA - 2:1 Bosh hakam: Juneyt Chaqir (Turkiya). Xorvatiya: Subashich, Lovren, Strinich (Pivarich, 95), Vrsalko, Vida, Rakitich, Brozovich, Perishich, Modrich (Badel, 119), Rebich (Kramarich, 101), Manjukich (CHorluka, 115). Angliya: Pikford, Uoker (Vardi, 112), Stounz, Yang (Rouz, 90), Maguayr, Alli, Lingard, Sterling (Reshford, 74), Xenderson (Dayer, 97), Trippyer, Keyn. Gollar: Perishich (68), Manjukich (109) – Trippyer (5). Ogohlantirishlar: Manjukich (48), Rebich (96) - Uoker (54).      UCHINCHI O‘RIN UCHUN.    14 iyul, 19:00 Sankt-Peterburg. “Sankt-Peterburg” stadioni.    BELGIYA - ANGLIYA.     FINAL.    15 iyul, 20:00 Moskva. “Lujniki” stadioni. .   FRANSIYA – XORVATIYA
Manba: www.uza.uz
Kiritildi: 12:05, 12.07.2018.
O'qildi: 4512 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик