Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

«Mash’al» va Nikita Pavlenko o‘rtasidagi shartnoma bekor qilindi

«Mash’al» va Nikita Pavlenko o‘rtasidagi shartnoma bekor qilindi

Baho:
+ | -

“Mash’al” jamoasi yarim himoyachisi Nikita Pavlenko hamda klub o‘rtasida davom etayotgan kelishmovchilik 24 yoshli futbolchining murojaatiga asosan PFL tomonidan o‘rganib chiqildi.

Vaziyat atroflicha tahlil qilingach, 2017 yildan buyon “Mash’al” safida o‘ynab kelayotgan futbolchining jamoa safini tark etmoqchiligi, biroq klub uning ketishiga ruxsat bermayotgani ayon bo‘ldi. Gap shundaki, Nikita Pavlenkoning Muborak jamoasi bilan tuzgan shartnomasi yil so‘nggida nihoyasiga yetardi. Futbolchi amaldagi shartnomasi tugashiga 6 oydan kam muddat qolganida boshqa jamoa bilan muzokara o‘tkazish huquqiga ega ekanidan kelib chiqqan holda xorij klubi bilan kelishuvga erishgan. Lekin “Mash’al” futbolchini qo‘yib yuborishni istamadi.

Har ikki tomon bilan vaziyat chuqur tahlil qilindi va yakunda Pavlenkoning “Mash’al” bilan tuzgan shartnomasi 4.3 bandida agar futbolchi jamoadan olgan rag‘batlantirish mablag‘larini klubga qaytarsa, jamoadan ketishi mumkin ekani inobatga olinib,“Mash’al” va Nikita Pavlenko o‘rtasidagi shartnoma bekor qilindi. Futbolchi klub hisob-raqamiga olgan rag‘batlantirish pullarini o‘tkazib berdi. Har ikki tomon ham kelishmovchilikning ijobiy hal bo‘lganidan mamnunligini bildirdi.

- Faoliyatimni xorijda davom ettirish niyatim bor. Har qanday futbolchi ham o‘z kuchini chet elda sinab ko‘rishni istaydi. Biroq "Mash’al" bilan o‘rtada biroz kelishmovchilik yuzaga keldi. Har ikki tomonni ham tinglab, hech kimni hafa qilmaydigan qaror qabul qilinishida amaliy yordam ko‘rsatgan O‘FA va PFL rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman, - dedi 24 yoshli futbolchi.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 14:00, 12.07.2018.
O'qildi: 2656 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.