Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 - Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum - Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

Superliga. «Paxtakor» bir kishi kam bo‘lib qolgan AGMKni so‘nggi daqiqalarda mag‘lub etdi

Superliga. «Paxtakor» bir kishi kam bo‘lib qolgan AGMKni so‘nggi daqiqalarda mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 14-turi doirasida qoldirilgan o‘yinlar bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqa peshqadami — "Paxtakor" Olmaliqda AGMK mehmoni bo‘lib, katta qiyinchilik evaziga g‘alaba qozondi.

Birinchi bo‘limda uchrashuv tengkurashlar ostida kechdi va hisob ochilmadi. Ikkinchi bo‘lim boshida esa katta sahnaga o‘yin hakami Vladislav Seytlin chiqdi. U mezbonlar futbolchisi Muzaffar Muzaffarov uchun ikkinchi "sariq kartochka"ni o‘ylab topdi va ketidan "qizil" ko‘rsatib, AGMKni maydonda bir kishi kam qoldirdi.

Shundan so‘ng ustunlik paxtakorchilar tomoniga o‘tdi. Arveladze tomonidan amalga oshirilgan o‘zgarishlar o‘yin so‘ngida o‘z samarasini berdi. Jasur Yaxshiboyev bir futbolchini aldab o‘tdi va chap oyog‘ida zarba berib, olis burchakni aniq nishonga oldi.

Ushbu g‘alabadan keyin "Paxtakor" o‘z ochkolarini 36taga yetkazib, ikkinchi o‘rindagi "Bunyodkor" bilan 4 ochkolik farqni saqlab turibdi.

O‘zbekiston superligasi, 14-tur
AGMK - "Paxtakor" 0:1
Gol: Jasur Yaxshiboyev (85)
AGMK: Matyash, Hojiakbarov (Abdullayev 89), Muzaffarov, Jasur Hasanov, To‘rayev (Pirimov 83), Bubanya, Trifunovich, Jokich, Guseynov, Jamshid Hasanov (G‘ulomov 68), Samatov.
“Paxtakor”: Suyunov, Kozak, Simich, A’zamov, Shorahmedov, Ahmedov, Rahmatullayev, Masharipov, Cheran, Bezerra (YAxshiboyev 75), Gonsalvesh (Sergeev 70).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:59, 12.07.2018.
O'qildi: 3901 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.