Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

«Chelsi» va Antonio Konte o‘zaro sudlashadigan bo‘lishdi

«Chelsi» va Antonio Konte o‘zaro sudlashadigan bo‘lishdi

Baho:
+ | -1

"Chelsi" klubi rahbariyati bosh murabbiy Antonio Konteni iste’foga chiqardi. Iste’foning sabablari aniq bo‘ldi.

Konte klub rahbariyati bilan ko‘p kelishmovchiliklarga yo‘l qo‘ygan. Shu bois, jamoa italiyalik mutaxassis bilan sudlashmoqchi. Rahbariyatning fikricha, jumladan, murabbiy jamoadagi ba’zi futbolchilar bilan kelisha olmagan. Shu bois, «Chelsi» Konte shartnoma bandlarini buzgan, deb hisoblamoqda. Masalan, murabbiyning o‘tgan yilning iyun oyida Diyego Kosta bilan munosabati quyushqondan chiqib ketgan. Konte ispaniyalik futbolchiga SMS yuborib, unga umid qilmayotganini bildirgan.

Londonliklar italiyalik murabbiyga nisbatan ish ochishmoqchi. O‘z navbatida Kontening advokatlari murabbiyning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha ish boshlab yuborishdi. Ular Kontega to‘lanishi kerak bo‘lgan 9 million funt sterling miqdorida kompensasiya pulini undirishga harakat qilishmoqda.

«Chelsi» shu paytgacha Konte bilan kompensasiya mablag‘i masalasida o‘zaro kelishuvga erishishga harakat qildi. Ammo tomonlar moliyaviy to‘lovlar borasida bir to‘xtamga kela olishmadi.

Antonio Konte «Chelsi» boshqaruvida 2 yil ishladi hamda APL va Angliya kubogida g‘olib chiqdi.

Manba: bombardir.ru
Kiritildi: 23:31, 13.07.2018.
O'qildi: 6775 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик