Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Yoaxim Lyov: «Muvaffaqiyatsizlikka uchragan birinchi yoki so‘nggi jamoa emasmiz…»

Yoaxim Lyov: «Muvaffaqiyatsizlikka uchragan birinchi yoki so‘nggi jamoa emasmiz…»

Baho:
+ | -

Amaldagi jahon chempioni - Germaniya termasi JCH-2018dagi ishtirokini juda barvaqt yakunladi. Tabiiyki, nemislarning guruh bosqichida qolib ketishlarini hech kim kutgan emasdi.

Qiziq, bundestim bosh murabbiyi Yoaxim Lyov koreyslarga qarshi kechgan tushunarsiz o‘yindan so‘ng muvaffaqiyatsizlikka qanday izoh berdi?

Asosiy sabablar haqida

- Hozir nima uchun vazifani uddalolmaganimiz haqida gapirishim og‘ir. Chunki g‘oyat tushkun kayfiyatdaman. Taqdir ekan, bu safar chempionlik bir yoqda tursin, nimchorak finalga ham chiqolmadik. Albatta, faqat g‘alaba haqida o‘ylagandik, lekin hisobni ocholmadik.

60-daqiqadan keyin esa shvedlarning gol urishganidan xabar keldi. Shunda futbolchilarni almashtirib, bosimni kuchaytirishga harakat qildim. Biroq oldingi chiziqda samaradorlik yetishmadi.

Jamoa tayyorgarligi haqida

- JCHni barvaqt yakunlash - Germaniya futboli uchun ulkan omadsizlik. Zero, musobaqaga yaxshi tayyorlanib, shunga yarasha unvonni saqlab qolishni rejalashtirgandik. O‘ylaymanki, kechagina barcha jamoalar bizning darajamizga chiqish ilinjida edi. Ammo bu yerda asl saviyamizni ko‘rsatolmadik.

Ha, gol urish uchun vaziyatlar yaratdik, lekin samara chiqarishda oqsadik. Jamoaga nima bo‘ldi? Endi shuni aniqlashimiz shart. 2006 yildan buyon yirik turnirlarda kuchli kvartetga kirayotgandik. Bu safar esa... Nachora, bugungi vaziyat va mag‘lubiyatni tan olishga majburmiz.

Boshlang‘ich tarkib va Ozil haqida

- Bir qator o‘yinchilar jarohatlanishgani sabab, boshlang‘ich tarkibni o‘zgartirishga to‘g‘ri keldi. Odatda jamoamiz yakuniy bosqichlarda ishonchliroq o‘yin ko‘rsatardi. Hozir nafaqat Ozil, balki ko‘plab yigitlarning talab darajasida to‘p surishmaganini ta’kidlash mumkin. Lekin barcha mas’uliyatni o‘z zimmamga olaman.

Tarkib chakki emasdi, deylik, Goreska mashg‘ulotlarda faollik ko‘rsatdi, Myuller esa avvalgi 2ta o‘yinda tinim bilmadi. Shuni inobatga olib, unga dam berdim. Ammo o‘yinimiz qovushmagach, Tomasni ham maydonga tushirdim. Gol urishimiz shart edi va bu himoyadagi o‘yinimizga ta’sir qildi, albatta.

Raqib haqida

- Janubiy Koreya termasining faol, tajovuzkor o‘ynashini bilardik. Koreyslarning butun jamoa bilan himoyalanib, tezkor qarshi hujumga o‘tishlarini ham. Afsuski, to‘pni ko‘pincha markazda boy berdik, ayni shu holat raqibimizga qo‘l keldi.

Qolaversa, koreyslar qarshi hujumlardan samarali foydalanishdi. Hisobda oldinda borsak, raqibga bunday imkoniyat bermaymiz aslo.

O‘rtoqlik uchrashuvlari haqida

- Takror aytaman, mashg‘ulotlar risoladagidek o‘tdi, talab darajasida ishladik, jamoani yaxshi sport formasiga olib chiqdik. To‘g‘ri, birgina jihatdan ko‘nglim to‘lmadi - o‘rtoqlik uchrashuvlari.

Meksikaliklarga qarshi o‘yinda vaziyatni o‘zgartira olishimizga ishongandik. Lekin uddalay olmadik. Shogirdlarimni ayblashim noo‘rin, chunki ular raqibga yetarli bosim o‘tkazib, vaziyatlar yaratishdi. Ammo samara yo‘q.

Nemis futbolining xira davri haqida

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 00:00, 15.07.2018.
O'qildi: 5182 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик