Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Prezidentimizdan sovg‘a sifatida 2 xonali uy qabul qilib olgan shaxmatchimiz Buyuk Britaniyadagi Ochiq chempionatda g‘olib bo‘ldi

Prezidentimizdan sovg‘a sifatida 2 xonali uy qabul qilib olgan shaxmatchimiz Buyuk Britaniyadagi Ochiq chempionatda g‘olib bo‘ldi

Baho:
+ | -

6-16 iyul kunlari Buyuk Britaniyaning Manchester shahrida zaif eshituvchilar o‘rtasida shaxmat Olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.

Nufuzli musobaqa doirasida Ochiq chempionat ham tashkil etildi. Unda o‘zbekistonlik shaxmatchi, 2004 (Malente, Germaniya) va 2008 yilgi (Sant-Gallen, Shveysariya) zaif eshituvchi o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempioni, 2015 yilgi Osiyo chempioni (Ulan-Bator, Mo‘g‘uliston) Sirojiddin Zayniddinov ham ishtirok etdi.

Ochiq chempionat yakunlariga ko‘ra 8 ochko jamg‘argan Sirojiddin birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi va musobaqa g‘olibiga aylandi. Ma’lumot uchun, chempionatda 30 nafar shaxmatchi o‘z omadini sinab ko‘rdi.

Eslatib o‘tamiz, Sirojiddin avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ikki xonali uy bilan taqdirlangandi. Milliy olimpiya qo‘mitasi shaxmatchimizni navbatdagi muvaffaqiyat bilan qutlaydi va uning kelgusi faoliyatida omad va zafarlar tilaydi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 00:19, 17.07.2018.
O'qildi: 2726 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик