Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro 3-1 Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli
21/03 00:45 Jenoa - Udineze
21/03 01:00 Bornmut - Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona

O‘zbekiston taekvondo WTF assosiasiyasi rahbariyati Butunjahon taekvondo federasiyasi prezidenti bilan uchrashdi

O‘zbekiston taekvondo WTF assosiasiyasi rahbariyati Butunjahon taekvondo federasiyasi prezidenti bilan uchrashdi

Baho:
+ | -

Xabar berib o‘tganimizdek, 18-24 iyul kunlari Janubiy Koreyada taekvondo WTF bo‘yicha "Korea Open" reyting musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Ushbu musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi sharafini 30 nafar sportchi ishtirok etadi.

Bugun musobaqa oldidan bir qancha rasmiy tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Unda Laziz Hasanov boshchiligidagi O‘zbekiston taekvondo WTF assosiasiyasi rahbariyati Butunjahon taekvondo federasiyasi prezidenti Cho Chjonvon bilan uchrashib, bir qator muhim masalalar yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi. Unda tomonlar jumladan, hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, shuningdek, yaqinlashib kelayotgan Osiyo o‘yinlariga o‘zbekistonlik taekvondochilarning ko‘rayotgan tayyorgarligi va yana bir qator masalalar bo‘yicha o‘zaro fikr almashishdi. Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston taekvondo assosiasiyasi vakillari Cho Chjonvonni 22-23 sentyabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan «Elchi kubogi» musobaqasiga taklif etishdi.

Uchrashuv yakunida doktor Cho Chjonvonga O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston taekvondo assosiasiyasi nomidan esdalik sovg‘asi taqdim etildi. O‘z navbatida, Butunjahon taekvondo federasiyasi rahbari ushbu e’tibordan xursand bo‘ldi.

Ertaga start oladigan turnirda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan sportchi 20 reyting ochkosiga ega bo‘ladi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan sportchilar esa mos ravishda 12 va 8 ochkoni o‘z hisoblariga qo‘shib qo‘yishadi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 20:18, 17.07.2018.
O'qildi: 2496 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.