Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Bugun futbol. “Lokomotiv” - “Nasaf”

Bugun futbol. “Lokomotiv” - “Nasaf”

Baho:
+ | -

Bugun Superliganing 17-tur uchrashuvlariga start beriladi. Bu turda "Nasaf" “Lokomotiv” jamoasi bilan kuch sinashadi. Uchrashuv “Lokomotiv” stadionida soat 21:00da boshlanadi.

Superliga, 17-tur

“LOKOMOTIV” - “NASAF”

18.07.2018. “Lokomotiv” stadioni. 21:00da

Bosh hakam: Ahrol Risqullayev (Toshkent)

Qanot hakamlari: Doniyor Saylavov (Toshkent), Rishat Nu’monov (Toshkent)

Zaxira hakami: Dmitriy Klepikov (Toshkent)

Nazoratchi: Sardor Najafaliyev (Toshkent)

Uchrashuv komissari: Aleksandr Davidenko.

 

“Lokomotiv” va “Nasaf” jamoalari milliy chempionatimizda shu paytgacha 27 marta to‘qnash kelishgan. O‘tgan uchrashuvlarning 14 tasida jamoamiz g‘alaba qozongan. 5 uchrashuvda murosa ko‘chasi tanlangan. Qolgan 8 uchrashuvda “Lokomotiv”ning qo‘li baland kelgan. To‘plar nisbati bo‘yicha kichik ustunlik "Nasaf" tomonida 28-39.

Mazkur jamoalar Toshkentda shu paytgacha 13 marta o‘zaro kuch sinashganlar. Bu uchrashuvlarning 4tasida qarshiliklar g‘alaba qozongan, 5 uchrashuvda “Lokomotiv”ning qo‘li baland kelgan, qolgan 4 uchrashuvda durangga imzo chekilgan. Toshkentdagi o‘zaro uchrashuvlarda jami darvozalarga 23ta to‘p kiritilgan, to‘plar nisbati bo‘yicha kichik ustunlik “Lokomotiv” tomonida - 12-11.

“Nasaf” so‘nggi bor “Lokomotiv”ni Toshkentda 2012 yili kichik 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan. 2014 yili esa 1:1 hisobida durangga erishgan.

Bugun “ajdarlar” milliy chempionatimizdagi 635-uchrashuvni o‘tkazishadi.

 

Manba: fc-nasaf.uz
Kiritildi: 08:59, 18.07.2018.
O'qildi: 3892 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик