Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

XVIII Osiyo o‘yinlari startiga roppa rosa 1 oy vaqt qoldi

XVIII Osiyo o‘yinlari startiga roppa rosa 1 oy vaqt qoldi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, 18 avgust kuni Indoneziya poytaxti Jakartada XVIII Osiyo o‘yinlari mash’alasi yoqiladi va qit’amizda to‘rt yillikning eng nufuzli musobaqasi rasman boshlanadi.

Qit’a mamlakatlari qatorida O‘zbekiston ham ushbu nufuzli musobaqaga jiddiy tayyorgarlik olib bormoqda. Osiyo o‘yinlarida qit’amizning 45 mamlakatidan 11 300 dan ortiq sportchi ishtirok etishi kutilmoqda. Atletlar sportning 40 turi, 67 yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblik uchun kurash olib boradilar.

Musobaqa startiga 30 kun qolganida Osiyo Olimpiya Kengashi Prezidenti, Milliy olimpiya qo‘mitalari assosiasiyasi rahbari Shayx Ahmad al Faxad al Sabax o‘yinlariga aloqador barchaga minnatdorchilik bildirdib o‘tdi.

«Osiyodagi Milliy Olimpiya qo‘mitalari oilasi nomidan Indoneziya Respublikasi Prezidenti Joko Vidodo, mamlakat vise-prezidenti va Osiyo o‘yinlari boshqaruv qo‘mitasi raisi Yusuf Kalla, shuningdek, Indoneziya Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti va XVIII yozgi Osiyo o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasi rahbari Erik Toxirga qilingan ulkan hajmdagi ish uchun tashakkur izhor qilaman.

Indoneziya Osiyo o‘yinlariga ajoyib tayyorgarlik ko‘rmoqda. Qisqa vaqt ichida yaxshigina muvaffaqiyatga erishdi . Shuningdek, men barcha Milliy olimpiya qo‘mitalari, sportchilar, hamkorlar, OAV xodimlariga minnatdorchilik bildiraman», – dedi Sabax.

Qayd etib o‘tish lozimki, O‘zbekiston sport delegasiyasi Osiyo o‘yinlarida 28 ta sport turida 230 nafardan ortiq sportchi bilan birga ishtirok etishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, mamlakatimizdan 100 dan ortiq rasmiy shaxs (murabbiylar, shifokorlar, menejerlar, OAV xodimlari) Jakartadagi o‘yinlar davomida faoliyat olib boradi.

Ma’lumot uchun, Indoneziyadagi Osiyo o‘yinlari butun o‘zbek sporti uchun tarixiy ahamiyat kasb etadi. Zero, milliy sportimiz hisoblangan Kurash ilk marotaba Osiyo o‘yinlari dasturiga aynan Jakartada kiritiladi. Shuningdek, sportning Djiu djitsu, Penchak silat, Sambo va Ot sporti (konkur) kabi turlarida sportchilarimiz birinchi marta Osiyo o‘yinlarida ishtirok etishadi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 18:27, 18.07.2018.
O'qildi: 3310 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.