Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Ronaldu va Messining «Forbes» reytingidagi o‘rni aniq bo‘ldi

Ronaldu va Messining «Forbes» reytingidagi o‘rni aniq bo‘ldi

Baho:
+1 | -

“Forbes” jurnali 2017 yilda  o‘z yo‘nalishida eng ko‘p pul topgan san’atkor, sportchi va teleyulduzlarning reytingini e’lon qildi.
 
Unga ko‘ra, taniqli bokschi Floyd Meyveyzer hammadan ko‘ra ko‘proq mablag‘ jamg‘argani ma’lum bo‘ldi.
 
Demak, ro‘yxatga ko‘z yugurtiramiz.
 
1. Floyd Meyvezer – 285 million dollar.
 
2017 yilda Konor Mak-Gregorga qarshi ringga ko‘tarilgan Meyveyzer yana bir bor chempionlik kamarini himoya qilib, o‘rtaga tikilgan pulning yarmidan ko‘prog‘ini olishga erishdi. O‘sha jangning mukofot jamg‘armasini tashkilotchilar 550 million dollar miqdorida belgilashgandi. Shuning 285 millioni Floydning kissasiga tushgan.
 
2. Jorj Kluni – 239 million dollar
 
Aktyor, rejissyor, prodyuser va biznesmen. U aynan oxirgi yo‘nalishda  boyligini ancha ko‘paytirib olgan. Tekila ishlab chiqaruvchi maxsus – Kasamigos firmasi bor.  Ammo san’ati ortidan topish-tutishi ham chakkimas. “Tez yordam” serialidagi roli uchun katta miqdorda gonora olgan.
 
3. Kayli Jenner – 166,5 million dollar.
 
20 yoshli modelning asosiy boyligi kosmetika sanoatida yetakchilikni qo‘lga olgani bilan izohlash mumkin. Biroq teleshoularda boshlovchilik qilishi uning mahsulotlariga bo‘lgan talabni orttirib yuborgan.
 
Futbol olamining ikki yulduzi Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu bor-yo‘g‘i 8 va 10-o‘rinlarga joylashdi. “Barselona” bilan 2017 yilda shartnomasni yangilagan argentinalik hujumchi o‘tgan yilda 111 million dollar ishlab topgan. Adidas bilan umr bo‘yi shartnoma imzolagan Messining boyligi bu yildan boshlab yanada oshishi muqarrar. Chunki uning yana Gatorade, Pepsi, Ooredoo, Huawei  Hawkers kabi brendlar bilan ham moliyaviy holatini yaxshilaydigan shartnomalari bor. “Real”dan “Yuventus”ga o‘tgan Ronaldu esa o‘tgan yili 108 million dollar ishlab topdi. Ammo u ham Nike bilan umrining oxiriga qadar shartnoma tuzdi. Shartnomaning qiymati 1 milldiard dollar.

Manba: www.qalampir.uz
Kiritildi: 16:14, 19.07.2018.
O'qildi: 11976 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик