Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Qilichbozlarimiz Xitoyda oltin va kumush medallarini qo‘lga kiritishdi

Qilichbozlarimiz Xitoyda oltin va kumush medallarini qo‘lga kiritishdi

Baho:
+ | -

Xitoyning Usi shahrida qilichbozlik bo‘yicha Osiyo kadet sikli doirasida navbatdagi musobaqa davom etmoqda. Unda o‘zbekistonlik yosh qilichbozlar ham ishtirok etishmoqda.

Musobaqada qit’amizning 9 mamlakatidan 67 nafar sportchi o‘z omadini sinab ko‘rmoqda. Quvonarlisi, sablya bo‘yicha bellashuvlarning final bahsi o‘zbekistonlik qilichbozlar o‘rtasida kechdi.

Pazil Genjabayev oltin medal uchun kechgan jangda boshqa bir hamyurtimiz Sherzod Mamutovni mag‘lub etdi va musobaqa g‘olibiga aylandi. Sherzod Mamutov esa kumush medali bilan cheklandi.

Ma’lumot uchun, Osiyo kadet siklida O‘zbekiston terma jamoasi qilichbozlikning har uchchala yo‘nalishi bo‘yicha umumiy hisobda 20 nafar sportchi bilan ishtirok etdi. Musobaqa nihoyasiga yetganidan so‘ng yosh sportchilarimiz uchun bir haftalik o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari boshlanadi. Yig‘in doirasida ular Usida bo‘lib o‘tayotgan kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatiga ham tashrif buyurishadi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 18:00, 20.07.2018.
O'qildi: 2267 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик