Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 - Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor - Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro - Andijon
09/10 19:30 Nasaf - Dinamo
10/10 00:00 Malaga - Espanyol
10/10 16:30 Arsenal - Lids
10/10 17:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
10/10 18:00 Qizilqum - Surxon
10/10 19:00 Aston Villa - Brentford
10/10 19:00 Chelsi - Bornmut
10/10 19:00 Ipsvich - Fulhem
10/10 19:00 Sanderlend - Brayton
10/10 19:15 Alaves - Atletiko
10/10 21:30 Man. Yunayted - Tottenhem
10/10 21:30 Barselona - Xetafe
11/10 00:00 Real Madrid - Vilyarreal

Torres "Barselona"dan ketishi qanday yuz berganini aytdi

Torres "Barselona"dan ketishi qanday yuz berganini aytdi

Baho:
+ | -

"PSJ" hujumchisi Ferran Torres "Barselona"dan Parij klubiga o‘tishi qanday amalga oshgani va bu transferni faoliyatidagi o‘sish deb hisoblashi haqida gapirdi.

"Barselona"dan ketish oson bo‘ldi. Klublar o‘zaro gaplashib, kelishib olishdi. Men roziligimni berdim va bitim yakunlandi", dedi ispaniyalik futbolchi.

26 yoshli hujumchidan "Barselona"dan "PSJ"ga o‘tish uning faoliyatida oldinga tashlangan qadam bo‘lgan-bo‘lmagani ham so‘raldi.

"Ha. Ular hozirgi Yevropa chempionlari. Men ayni paytda Yevropa chempioni bo‘lib turgan jamoaga o‘tdim. Bu, shubhasiz, oldinga tashlangan qadam", dedi Torres.

Futbolchining bu fikri "Barselona" muxlislari orasida muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ayni paytda "PSJ" Yevropaning amaldagi chempioni hisoblanadi va so‘nggi ikki mavsumda Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan.

Torres 15 avgust kuni "Barselona"dan "PSJ"ga rasman o‘tgan. Parijliklar u bilan 2031 yilgacha shartnoma imzoladi. Klublar transfer summasini oshkor qilmagan bo‘lsa-da, xalqaro manbalar bitim qiymatini taxminan 50 mln yevro deb baholagan.

Ferran "Barselona" safida 207 ta o‘yin o‘tkazib, 65 ta gol urgan. Kataloniya klubi bilan u uch marta La Ligada g‘olib chiqqan va jami yettita sovrin qo‘lga kiritgan.

Kiritildi: 17:20, 03.09.2026.
O'qildi: 2486 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик