Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

CAFA U-16 Championship musobaqasi oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

CAFA U-16 Championship musobaqasi oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO
Rukn: Yangiliklar
Bugun “Milliy” stadionining matbuot anjumanlari zalida CAFA U-16 Championship musobaqasi oldidan 6ta terma jamoa O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Afg‘oniston va Eron terma jamoalari bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

 Dastlab, O‘zbekiston U-15 terma jamoasi bosh murabbiyi Azamat Abduraimov hamda Tojikiston U-15 terma jamoasi bosh murabbiyi Rustam Qurbonov matbuot anjumanida qatnashishdi va musobaqadan oldin o‘z fikrlarini bildirib o‘tishdi.

Rustam Qurbonov (Tojikiston): “Avvalambor, musobaqa tashkilotchilariga katta minnatdorchilik bildirib o‘tmoqchiman. Ushbu musobaqa biz uchun katta tajriba maydoni bo‘lib xizmat qilishi aniq.  Bizga yaxshi darajada sharoitlar yaratib berilganidan juda mamnunmiz. Maqsadimiz birinchi o‘rinni olish emas, asosiy maqsad musobaqada yaxshi qatnashish. Tarkibdagi futbolchilarni sinovdan o‘tkazib olish. Markaziy Osiyo futbol konfederasiyasining tashkil qilinishi va bu kabi musobaqalarning o‘tkazilishi ushbu mintaqada futbol rivojiga katta hissa qo‘shishiga shubha yo‘q”.

Azamat Abduraimov (O‘zbekiston): “O‘z maydonimizda bo‘lib o‘tayotgan ushbu musobaqaning ahamiyati katta. 2019 yilda bo‘lib o‘tadigan saralash bahslari oldidan biz uchun yaxshi tayyorgarlik vazifasini o‘tab beradi. 25 nafar futbolchidan 18 futbolchini saralab oldik.  CAFA prezidenti va O‘FA 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonovning tashabbusi bilan tashkil etilgan bu musobaqa juda katta voqelik. Har bir terma jamoa ushbu musobaqa orqali hozirda qay darajada ekanini aniqlab oladi. Katta futbolga endi kirib kelayotgan yosh futbolchilar uchun bu kabi musobaqalar juda katta foyda bo‘ladi. O‘rtoqlik o‘yinlari orqali biz jamoamiz kuchiga chetdan turib baho berishimiz mumkin bo‘ladi”

Matbuot anjumanining ikkinchi qismiga Afg‘oniston hamda Turkmaniston terma jamoalari bosh murabbiylari taklif qilindi va ular ham o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdilar.  

Vohidulloh Vohidiy (Afg‘oniston):  “Biz ikkinchi marta ushbu musobaqada qatnashyapmiz va bundan xursandmiz. Bu turnir biz uchun katta ahamiyatga ega. O‘tgan yili 15 yosh futbolchilarimiz chempion bo‘lishgan. 16 yoshli o‘yinchalirimiz esa bu yil 2 o‘rinni qo‘lga kiritishdi. Afg‘oniston terma jamoasi bu yil ham ijobiy natijalarni qo‘lga kiritishiga ishonaman. 15-16 yoshli futbolchilar o‘rtasida ko‘plab musobaqalar muntazam tashkil etilayotgani sabab terma jamoamiz tajriba to‘plashga muvaffaq bo‘lmoqda hamda bu o‘z samarasini ko‘rsatib muvaffaqiyatlarga erishmoqdamiz.  Barcha jamoalarga omad tilayman”.

Botir Shehiyev (Turkmaniston): “Bu turnirda biz birinchi marta ishtirok etmoqdamiz. Musobaqa yuqori saviyada tashkil qilinishiga ishonamiz hamda so‘zim boshida tashkilotchilarga o‘z minnatdorchiligimizni izhor qilamiz. Bu yoshdagi futbolchilar o‘rtasida musobaqalarda kam ishtirok etganimiz sababli, Toshkentda tashkil qilinayotgan turnir biz uchun katta ahamiyatga ega. Musobaqa davomida nafaqat futbolchilarimizning tajribasi ortadi, balki biz murabbiylar ham ular orasidan eng saralarini tanlab olish imkoniyatiga ega bo‘lamiz”. 

Matbuot anjumani oxirida Qirg‘iziston va Eron terma jamoalari bosh murabbiylari qatnashishdi.


Muhammad Yavariy (Eron): “O‘zbekistonga kelganimdan juda xursandman. Bundan 13 yil avval birinchi marta O‘zbekistonga kelish nasib qilgandi. Yana bu yerda bo‘lib turganimdan juda baxtiyorman. Bu kabi musobaqalar juda muhim, terma jamoalar o‘zaro tajriba almashishadi, bir birlarining imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazishadi.Oldimizda katta musobaqalar turibdi. O‘sha musobaqalar oldidan biz o‘z imkoniyatlarimizni chamalab ko‘rmoqchimiz.   Bundan avval tashkil etilgan 16 yoshgacha bo‘lgan terma jamoalar o‘rtasidagi musobaqada ishtirok eta olmadik. Sababi biz ancha avval o‘rtoqlik Iroq bilan o‘rtoqlik o‘yini borasida kelishuvga erishgandik. Aks holda 16 yoshli terma jamoamiz ham CAFA musobaqasiga tashrif buyurgan bo‘lardi".

Nurlan Bukuyev (Qirg‘iziston): “Musobaqadan ko‘zlagan asosiy maqsadimiz tajriba to‘plash. Bu yerda kuchli terma jamoalar ishtirok etishmoqda. Ularga qarshi o‘yinlar jamoamizga katta foyda bo‘lishiga shubha yo‘q. Bizda yaxshi yosh avlod shakllanyapti. Umid qilamanki, ular bilan xalqaro musobaqalarda yaxshi natijalarga erishamiz.  Bu yerda ishtirokchilar uchun yaratilgan sharoitlar a’lo darajada. Fursatdan foydalanib musobaqa tashkilotchilarga minnatdorchilik bildirib o‘tmoqchiman”. 
Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 14:03, 21.07.2018.
O'qildi: 2398 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.