Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 23:59 Bavariya 1-1 PSJ
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna

Sport kurashlari. Erkin kurashchimiz Osiyo chempioni!

Sport kurashlari. Erkin kurashchimiz Osiyo chempioni!

Baho:
+ | -

Hindistonning Nyu-Dehli shahrida sport kurashlari bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Unda o‘zbekistonlik sportchilar ham muvaffaqiyatli ishtirok etishmoqda. Bungacha vakillarimiz yunon-rum va ayollar kurashi bo‘yicha medallar qo‘lga kiritishgani haqida xabar bergandik.

Bugun musobaqa doirasida erkin kurash bo‘yicha bahslar bo‘lib o‘tdi. -57kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan G‘ulomjon Abdullayev Qirg‘iziston va Xitoy vakillarini mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi. Hal qiluvchi jangda esa u hindistonlik Navin Navinga qarshi gilamga chiqdi va raqibini mag‘lub etib, oltin medal sohibiga aylandi.

Shuningdek, -79kg vazn toifasidagi Muhammadrasul Rahimov bronza medali uchun jangda Janubiy Koreya vakili Dongmin Shinni mag‘lub etib, sovrindorlar qatoridan joy oldi.

Eslatib o‘tamiz, shu kungacha sportchilarimizdan yunon-rum kurashi bahslarida Temurmirzo Mamajonov (oltin), Kamol Qo‘ziyev (kumush), Mahmud Bahshilloyev (bronza), To‘rabek Tirkashev (bronza), ayollar kurashida esa Nabira Yesenbayeva (kumush) va Bahtigul Baltaniyazova (bronza) sovrindorlar qatoridan joy olgandilar.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 19:02, 21.07.2018.
O'qildi: 2168 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик