Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 3-0 Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor 3-1 Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro 3-2 Andijon
09/10 19:30 Nasaf 2-1 Dinamo
10/10 00:00 Malaga - Espanyol
10/10 16:30 Arsenal - Lids
10/10 17:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
10/10 18:00 Qizilqum - Surxon
10/10 19:00 Aston Villa - Brentford
10/10 19:00 Chelsi - Bornmut
10/10 19:00 Ipsvich - Fulhem
10/10 19:00 Sanderlend - Brayton
10/10 19:15 Alaves - Atletiko
10/10 21:30 Man. Yunayted - Tottenhem
10/10 21:30 Barselona - Xetafe
11/10 00:00 Real Madrid - Vilyarreal
11/10 16:00 OKMK - Navbahor
11/10 16:00 So‘g‘diyona - Lokomotiv
11/10 17:00 Elche - Selta
11/10 18:00 Kristal Pelas - Nottingem Forest
11/10 18:00 Xall Siti - Everton
11/10 19:15 Real Sosyedad - Deportivo
11/10 20:30 Liverpul - Manchester Siti
11/10 21:30 Betis - Osasuna
12/10 00:00 Rasing - Valensiya

Ektor Kuperning O‘zbekiston terma jamoasini boshqarishi yanada oydinlashdi

Ektor Kuperning O‘zbekiston terma jamoasini boshqarishi yanada oydinlashdi

Baho:
+ | -

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasini argentinalik Ektor Kuper boshqarib boradi. Bu haqda "Xalq so‘zi Online"ga vaziyatdan xabardor manbalar ma’lum qildi.

Qayd qilinishicha, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi argentinalik mutaxassis bilan kelishuvga erishgan. Yaqin soatlar ichida mazkur bitim borasida rasmiy xabar berilishi kutilmoqda.

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi, bungacha portugaliyalik Karlush Keyrush va xorvatiyalik Zlatko Dalich nomzodlari bilan ham muzokaralar olib borgan. Biroq ular bilan kelishuvga erishilmagan. Ektor Kuper va O‘FAning o‘zaro manfaatlari bir-biriga mos kelgani aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, Ektor Kuperning so‘nggi jamoasi Misr termasi edi. 2015 yilda jamoaga tayinlangan 62 yoshli mutaxassis misrliklar bilan JCH-2018dagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng iste’foga chiqarilgandi.

Bunga qadar, argentinalik murabbiy Argentinaning «Urakan», «Lanus», Ispaniyaning «Malyorka», «Valensiya», «Real Betis», «Rasing», Italiyaning«Inter», «Parma», Turkiyaning «O‘rduspor», Gresiyaning «Aris», BAAning «Al-Vasl» klublarida, Gruziya (2008-2009) terma jamoasida faoliyat olib borgan.

Manba: aniq.uz
Kiritildi: 13:18, 23.07.2018.
O'qildi: 15642 marta.
Fikrlar: 29 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик