Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Bosh jamoamizga «tez tibbiy yordam» kechikmoqda

Bosh jamoamizga «tez tibbiy yordam» kechikmoqda

Baho:
+ | -

Mamlakatimiz futboli mutasaddilari yana o‘ziga xos sinov damlarini boshdan kechirishmoqda.

O‘tgan mavsum yakuni va yangisi arafasida e’lon qilingan rejalar, milliy jamoamiz ishtirokida tashkillangan o‘rtoqlik uchrashuvlari, yosh futbolchilarimizning Osiyo chempionatidagi yorqin odimlari ta’sirida muxlislarda yangi rahbariyatga nisbatan ishonch uyg‘ondi.

Aslida ko‘pchilik avvaliga boshqaruvning yangi tarkibiga ishonchsizlik kayfiyatida qaragandi. Zero, futbolimizning sobiq rahbarlari tomonidan berilgan quruq va’dalar sabab, muxlislarda boshqaruvdagi yangilanishga nisbatan ishonchsiz qarash kayfiyati shakllanib ulgurgandi.

Tabiiyki, futbolimizning yangi rahbarlariga bunday ishonchsiz yondashuvni bartaraf etish oson kechmasligi oldindan ma’lum edi. Shu ma’noda aytsak, O‘FA va PFLning yangilangan tarkibi tomonidan amalga oshirilgan dastlabki ijobiy o‘zgarishlar futbolimiz jamoatchiligini qoyil qoldirdi.

Ayniqsa, milliy chempionatimiz formati va reglamentini isloh qilishda ko‘rsatgan qat’iyati, bu masalada o‘z prinsiplarida sobit turishi O‘FA hamda PFLga nisbatan ishonch ruhini mustahkamladi.

Xullas, hammasi yaxshi borayotgandi. Afsuski, vaqt o‘tishi bilan futbolimiz taqdiriga daxldor ikki muammo muxlislarni bezovta qila boshladi. Tushungandirsiz, bu o‘rinda bosh jamoamizga murabbiy ta­yinlash va Superliga hakamlik saviyasi bilan bog‘liq ishlarni nazarda tutmoqdamiz.

Tan olish kerakki, milliy jamoamizga bosh murabbiy topish va tayinlash masalasi haddan ortiq cho‘zilib ketdi. Mana, JCH-2018 yakunlanganiga ham bir haftadan oshdi, ammo O‘FA hamon muzokara jarayoni bilan band. Har holda, biz ushbu mulohazalarni qog‘ozga tushirgan 22 iyul oqshomiga qadar aniq gap yangramagandi.

Balki erta-indin qaysidir xorijlik mutaxassis terma jamoamiz boshqaruviga kelar, lekin kechikkan «Tez tibbiy yordam»ni eslatuvchi bu holat muxlislarni xursand qiladimi? Ochig‘i, bu savolga ijobiy javob berish mushkul. Negaki, futbolimiz muhitiga yana ishonchsizlik kayfiyati qaytdi.

Taqdir tuhfasi sanalgan, kutilmaganda, qad rostlagan ishonch tog‘iga putur yetmoqda. Dastlabki ijobiy yangilanishlar evaziga qurilgan ishonch ko‘prigi buzilish xavfi ostida. O‘FA otni qamchilamasa, ham muxlislar ishonchidan, ham bosh jamoamizning bo‘lajak yutuqlaridan ayrilib qolishi hech gap emas.

Garchi yaqin istiqboldagi bo‘lajak yutuqlar haqida so‘z ochish hozir o‘rinsizdek tuyulsada, shunday yozmoqdamiz. Chunki O‘FAning kelajak rejalarida katta yutuqlarga erishish ko‘zda tutilgan. Reja qog‘ozda qolib ketmasligi uchun esa milliy jamoamizga tezda bosh murabbiy ta­yinlanishi darkor.

Fikrimizcha, ayni damda bir jihat O‘FAni ikkilantirmoqda. Gap shundaki, avvalroq terma jamoamizni JCH-2018 final bosqichida ishlagan murabbiylardan biri boshqarishi aytilgandi.

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 18:26, 25.07.2018.
O'qildi: 5823 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.