Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

UZREPORT TV va FUTBOL TV telekanallari UYEFA Superkubogi uchun o‘yinni namoyish etadi

UZREPORT TV va FUTBOL TV telekanallari UYEFA Superkubogi uchun o‘yinni namoyish etadi

Baho:
+ | -

Yevropa futbol mavsumining yakuniy bahsi 15 avgust kuni Estoniya poytaxti Tallin shahrida bo‘lib o‘tadi. O‘yin UZREPORT TV va FUTBOL TV telekanallarida jonli efirda uzatiladi.

Bu yil sovrin uchun Madridning “Real” va “Atletiko” klublari kurashishadi. Qizig‘i, Superkubok finalida ilk bor bir shahardan kelgan jamoalar to‘qnash kelmoqda. Ushbu o‘yinda ishtirok etish uchun "Real Madrid" jamoasi Chempionlar ligasi finalida “Liverpul”ni (3:1, Olimpiya MSK, Kiyev, Ukraina) mag‘lubiyatga uchratdi. O‘z navbatida “Atletiko” Yevropa Ligasi finalida “Olimpik Marsel” (3:0, Park Olimpik Lionne, Lion, Fransiya) ustidan g‘alaba qozondi.

So‘nggi ikki yilda Superkubokni “Real” qo‘lga kiritdi. Agar u bu yil ham g‘alaba qozonsa, “Real” ketma-ket uch marta Superkubok g‘olibi bo‘lgan birinchi klub bo‘lishi mumkin. O‘tgan mavsumda ular “Manchester Yunayted”ni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratishgan edi.

“Atletiko” “Real Madrid”ga qarshi final bahslarining muvaffaqiyatsiz natijalariga qaramay, Yevropa Superkubogida 100 foiz g‘alabalar tarixiga ega: 2010-yili jamoa “Inter”ni 2:0 va 2012-yili “Chelsi”ni 4:1 hisobi bilan mag‘lubiyatga uchratgan edi.

Ushbu jamoalar o‘rtasidagi barcha bahslar hayajonli voqealarga boy bo‘lib kelgan. Uyin sifati va maydonga tushadigan har bir futbolchining maxorati 2018-yil mavusmining Superkubok uchrashuvini yuqori darajada o‘tishini ta’minlashiga ishonchimiz komil.

O‘yinlarni UZREPORT TV va FUTBOL TV kanallarida kuzatib boring va o‘z jamoangizga muhlislik qiling!

Qadrli teletomoshabinlar, eslatib o‘tamiz, UZREPORT TV va FUTBOL TV telekanallari HD formatiga o‘tgan, bu esa videotasvirni yuqori sifatda uzatilishini ta’minlaydi. Bundan tashqari, telekanallarda kerakli tilni tanlash uchun mo‘ljallangan ikki tilli audio-yo‘lakcha joriy etilgan.

Manba: uzreport.news
Kiritildi: 18:39, 25.07.2018.
O'qildi: 16462 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик