Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Bobur Abduxoliqov: «Nasaf»ning ahvoli asta-sekin yaxshi tomonga o‘zgarmoqda»

Bobur Abduxoliqov: «Nasaf»ning ahvoli asta-sekin yaxshi tomonga o‘zgarmoqda»

Baho:
+ | -

Pepsi Superliga bahslari o‘zining eng qizg‘in pallasiga kirib bormoqda. Ayniqsa, 6-o‘rindan yuqorida bo‘lgan jamoalarning o‘zaro o‘yinlari muxlislarga o‘zgacha zavq bermoqda.

Jamoalarning transfer mavsumida o‘z tarkibini kuchaytirib olgani ham bunga turtki bo‘lmoqa. Xususan, Toshkentning «Lokomotiv» klubi tanaffusdan keyin ketma-ket g‘alabalar bilan chempionlik poygasiga qaytishdi. To‘g‘ri «temiryo‘lchilar» so‘nggi o‘yinda Jizzaxda «So‘g‘diyona» bilan nursiz durangga rozi bo‘lishdi.

Bugungi suhbatdoshimiz esa «Nasaf»ning iqtidorli futbolchisi Bobur Abduxoliqov. «Ajdarlar» hujumchisi intervyuda «Navbahor»ga qarshi o‘yin oldidan kuzatilgan holat, chempionati umumiy vaziyat hamda «Nasaf»ning bugungi kundagi ahvoli haqida o‘z fikrlarini biddirib o‘tdi.

Shuningdek, osiyo o‘yinlariga tayyorlanayotgan U-23 terma jamoamizning maqsad va vazifalari xususida ham suhbatlashdik.

- Bobur, «Navbahor» bilan o‘yin oldidan PFL tomonidan bahs boshlanishiga ikki soat qolganda qo‘ng‘iroq bo‘lishi va asosiy tarkib futbolchilarining maydonga tusha olmasligi haqidagi xabar «Nasaf»­ga qanchalik salbiy ta’sir o‘tkazdi?

- Albatta, bu holat o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi. Bosh murabbiy tomonidan o‘yinga tanlangan taktik sxema, futbolchilarga berilgan ko‘rsatmalar o‘zgarib ketdi. Maydonga tushgan yoshlar astoydil harakat qilishdi, o‘zlarini ijobiy tomondan ko‘rsatishga intilishdi.

Hech kim o‘zini ayamadi. Lekin baribir, yoshlarga hali ko‘p tajriba kerak. Ayniqsa, mana shunday muhim o‘yinlarda tajribaning kamligi bilinib qoladi. Ishtiyoqning o‘zi kamlik qiladi.

- Bobur, JCH-2018 sabab yuzaga kelgan tanaffusdan «Nasaf» qay darajada foydalandi va tayyorgarlik ko‘rdi?

- Belgilangan tartibda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazdik. Yaxshi tayyorgarlik ko‘ra oldik, deb o‘ylayman. Mavsumning qolgan o‘yinlarida ochko yo‘qotmaslikka harakat qilamiz.

Lekin oldindan bir narsani aytishni istardim, Superliganing navbatdagi uchrashuvlari hech bir jamoaga oson kechmaydi. Chempionlik uchun kurashayotgan jamoalar ham hali jiddiy qarshiliklarga duch kelishadi. Bundan esa birinchi galda muxlislar yutishadi.

- Nima deb o‘ylaysiz, «Nasaf»dagi mavjud muammolar ortda qoldimikan?

- Ha, menimcha shunday. Holat ijobiy tomonga o‘zgarishidan umidvormiz. Shaxsan O‘FA prezidentining bu masalaga aralashuvi bilan vaziyat yumshadi. Sekin-asta yaxshi bo‘lishi kerak.

- Klubda ichki muhit qanday?

- Jamoada har qanday qiyinchilik holatida ichki muhit yaxshi bo‘lgan. Hozir ham xuddi shunday.

- Tarkibdagi yo‘qotishlar tanaffus paytida ham davom etdi. Jamoani bir qator yetakchi futbolchilar tark etishdi. Bu yo‘qotishlar natijaga o‘zining salbiy ta’sirini o‘tkazmasmikan?

- O‘tkazishi mumkin. Buni inkor etolmayman. Bu - futbol, unda hamma narsa ro‘y berishi mumkin. Mashaqqatli sinovlarga hamisha tayyor turish kerak.

Agar yagona maqsad sari birlasha olsak, har qanday qiyinchilikni yengib o‘tish mumkin. Shunga harakat qilamiz.

- Sizga boshqa jamoalardan takliflar yetarli edi. Birgina «Paxtakor»ning o‘zi anchadan beri sizni o‘z tarkibiga qo‘shib olishga harakat qilyapti. Nima uchun «Nasaf»da qolishga qaror qildingiz?

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 09:17, 26.07.2018.
O'qildi: 4329 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.