Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Tojikiston U-15 bosh murabbiyi Rustam Qurbonov: “CAFA U-15 championship” musobaqasi mintaqadagi futbol rivojiga xizmat qilishi aniq"

Tojikiston U-15 bosh murabbiyi Rustam Qurbonov: “CAFA U-15 championship” musobaqasi mintaqadagi futbol rivojiga xizmat qilishi aniq"

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, shu kunlarda poytaxtimiz “CAFA U-15 championship” musobaqasiga mezbonlik qilyapti. Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasidan tashqari, Eron, Turkmaniston, Tojikiston va Qirg‘iziston terma jamoalari qatnashishmoqda.

Bugun “CAFA U-15 championship” turniridan o‘rin olgan 3-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Azamat Abduraimov boshchiligidagi terma jamoamiz Qirg‘izistonga qarshi bahs olib borsa, Tojikiston Turkmaniston bilan, Eron esa Afg‘oniston bilan kurashadi.

Bugungi o‘yin oldidan Tojikiston term jamoasi bosh murabbiyi Rustam Qurbonov bilan musobaqa haqida suhbatlashdik.

- “CAFA U-15 Championship” musobaqasi haqida fikringiz qanday? Umuman turnir Tojikiston terma jamoasi uchun qanday o‘tmoqda?
- Ushbu musobaqaga taklif olganimizda biz uni judayam xursandchilik bilan qabul qildik. Chunki musobaqada ishtirok etayotgan mamlakatlar bilan har doim ham o‘yin o‘tkazish oson ish emas. Tashkiliy jihatdan albatta. Ushbu savolingizga qo‘shimcha ravishda yana bizlarga yaratilgan sharoitlar haqida ham gapirib o‘tmoqchiman. Bizni kutib olish jarayonidan boshlab, biz uchun tayyorlab qo‘yilgan mehmonxonalar, mashg‘ulot maydonlari umuman barcha tashkiliy ishlar a’lo darajada amalga oshirilgan. Buning uchun tashkilotchilarga alohida minnatdorchilik bildiraman.

- Tojikiston terma jamoasi bugunga qadar 2ta o‘yinda maydonga tushib, 1ta g‘alaba hamda 1ta mag‘lubiyat qayd etdi. Ushbu o‘yinlardan so‘ng jamoaning umumiy kayfiyati qanday?
- Biz birinchi o‘yinda g‘alaba qozonganimizdan so‘ng, bolalarning kayfiyatlari juda ham ko‘tarilib ketdi. Keyingi o‘yinlarga bo‘lgan ishtiyoq kuchayib, tezroq ikkinchi turda maydonga tushish xohishi paydo bo‘ldi. Futbolchilarda barcha raqiblarni yengib, chempion bo‘lish istagi kuchaydi. Buni normal holat deb hisoblayman. G‘alabadan so‘ng barcha yoshdagi o‘yinchilarda bunday emosiyalarni ko‘rishingiz mumkin. Ikkinchi o‘yinda esa O‘zbekiston terma jamoasiga mag‘lub bo‘ldik, bir o‘yinchimiz jarohat oldi. Bu esa bolalarda ozgina tushkunlik holatini keltirib chiqarganiga qaramasdan, biz ularning kayfiyatilarini yana ijobiy holatga keltirishga erishdik. Futbolchilarimiz hali musobaqaning asosiy o‘yinlari oldindaligini va hech narsa qo‘ldan boy berilmaganini tushunib yetishdi. G‘alaba qozonganingda kamchiliklaring ko‘zingga ko‘rinmaydi, mag‘lubiyatdan esa albatta to‘g‘ri xulosa chiqarishga majbursan.

- MOFA tomonidan tashkil etilayotgan musobaqalarning mintaqa futboli rivoji uchun ahamiyati qanday deb hisoblaysiz?
- Albatta bu musobaqalarning Markaziy Osiyo mintaqasi futboli rivojidagi ahamiyati yuqori. Afg‘oniston, Qirg‘iziston, Eron, Turkmaniston, Tojikiston hamda O‘zbekiston terma jamoalarini har doim ham bir joyga jamlab o‘yinlar tashkil qilishning imkoni yo‘q. MOFA esa buning uddasidan chiqmoqda va jamoalar katta tajriba orttirib, musobaqa davomida bir-birlaridan futbol sir-asrorlarini o‘rganmoqdalar. Qo‘shnilarning futbol tajribalari barchamizga o‘ziga xos maktab vazifasini bajarmoqda. 2017 yilda 15 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida musobaqa o‘tkazilgan bo‘lsa, bu yil 2 ta yosh toifasida tashkil qilinmoqda. Bunday musobaqalrning sonini o‘sishi futbolimizning sifatiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatishi aniq.

-Musobaqadagi raqiblaringiz haqida ham fikr bildirib o‘tsangiz...
- Bu yoshdagi terma jamoalarda kimni yutib kimga mag‘lub bo‘lishing xaqida bilmaysan. Ishtirokchilarning barchasi kuchli albatta. Musobaqaga kelishimizdan oldin, Eron hamda O‘zbekiston kuchli jamoalar ekanini bilardik. Biz uchun yaxshi holat bo‘lmasada kutganimizdek O‘zbekistonga qarshi o‘yin juda ham qiyin o‘tdi va biz mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdik.

-Musobaqa tashkilotchilariga qandaydir takliflaringiz bormi?
- So‘zim avvalida musobaqa tashkiliy ishlari haqida gapirib o‘tgan edim. Musobaqa a’lo darajada tashkil etilgan va bu borada bizda hech qanday e’tirozlar yo‘q. Mayda va ko‘z ilg‘amas kamchiliklar esa hamma yerda mavjud va bundan qochib qutilishning imkoni yo‘q. Taklifim esa keyingi musobaqalarda jamoadagi o‘yinchilar sonini 18 tadan 20 taga oshirishni va o‘yin davomida o‘zgartirishlarni ko‘proq amalga oshirishga ruxsat berilishini so‘ragan bo‘lar edim.

-Tojikiston futbol federasiyasi tomonidan sizlarga natija borasida qandaydir talablar qo‘yilganmi?
- Federasiyamiz tomonidan bizlarga hech qanday talab qo‘yilmadi va bolalarda o‘yin amaliyoti va sifatini oshirish, tajriba to‘plash kerakligi haqida ko‘rsatmalar berildi. Lekin futbolchilarimiz o‘z oldilariga musobaqada nafaqat chiroyli natijalar ko‘rsatishni balki chempion bo‘lishni vazifa qilib qo‘yishgan.

- Mazmunli suhbatingiz uchun sizga minnatdorchilik bildiramiz.
- Tashakkur do‘stoni aziz.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 11:29, 26.07.2018.
O'qildi: 1972 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.