Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

UZREPORT Italiya A Seriyasi va Millatlar ligasi o‘yinlarini namoyish etish huquqini qo‘lga kiritdi

UZREPORT Italiya A Seriyasi va Millatlar ligasi o‘yinlarini namoyish etish huquqini qo‘lga kiritdi

Baho:
+ | -

UZREPORT axborot agentligi (UZREPORT TV va FUTBOL TV) Italiya A seriyasi va UYEFA Millatlar ligasi musobaqasining O‘zbekiston Respublikasi hududida translyasiya qilish huquqini sotib oldi.


Italiya A seriyasining 2018/19 yilgi mavsum uchrashuvlari 19 avgustdan boshlanadi va 26 mayga qadar davom etadi. Bu yil, A Seriyaga quyi divizion hisoblangan B seriyada g‘olib chiqqan “Empoli” jamoasi va 2-o‘rin sohibi “Parma” qo‘shildi. Shuningdek, o‘tish bahslarida “Palermo”ni mag‘lub etgan “Frozinone” jamoasi ham A seriyada ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Turinning “Yuventus” jamoasi amaldagi chempion sifatida o‘z unvonini himoya qilishi kerak bo‘ladi. Ammo buning uchun “keksa sinyoralar” tarkibi ancha kuchaygan va o‘z oldiga doim katta maqsadlarni qo‘yadigan “Napoli”, “Roma”, “Inter” va “Milan” kabi jamoalar qarshiligini yengishi zarur.

Jahon futbolining eng kuchli o‘yinchilaridan biri, superyulduz Krishtianu Ronalduning “Real” tarkibidan “Yuventus” jamoasi safiga kelib qo‘shilishi ham turikliklarning chempionlik uchun imkoniyatlarini yanada oshiradi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Ko‘pchilik mutaxassislarning fikriga ko‘ra, Ronalduning Italiya A seriyasiga o‘tishi nafaqat “Yuventus”ga xalqaro maydonda g‘alabalarga erishishga, balki butun Italiya futboliga avvalgi nufuzni qaytarishga yordam beradi.

Bizning telekanal yangi mavsumdan boshlab Italiya A seriyasining shiddatli va kurashlarga boy o‘tishi kutilayotgan uchrashuvlarini jonli efirda e’tiboringizga havola qiladi!

UYEFA Millatlar ligasi

UYEFA Millatlar Ligasi Yevropaning milliy terma jamoalari o‘rtasida o‘tkaziladigan yangi xalqaro turnir. Musobaqada UYEFAning 55ta terma jamoasi ishtirok etadi.

Ushbu turnirni o‘tkazish g‘oyasi UYEFAning sobiq prezidenti Mishel Platiniga tegishli. Yangi turnirning asosiy maqsadi milliy terma jamoalar o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvlariga qiziqishni oshirish, shu bilan birga, yangi tijoriy imkoniyatlarni yaratish.

Yangi musobaqaning birinchi mavsumi 2018/19 yillarda bo‘lib o‘tadi. Guruh bosqichi 2018 yil sentyabr-noyabr oylarida, final bosqichi esa 2019 yilning yozida o‘tkaziladi.

Ta’kidlash joizki, ushbu turnirda g‘olib chiqqan terma jamoalarga Yevro-2020ga 4ta yo‘llanma taqdim etiladi, shu bilan birga, an’anaviy saralash o‘yinlariga 20 ta to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma ham beriladi.

Musobaqa formatiga ko‘ra, barcha 55ta jamoa JCH-2018 yakunlari bo‘yicha reytingdagi o‘rniga qarab 4ta liga bo‘yicha bo‘linadi (A, D, C va D). “A” ligada Yevropaning TOP-12ta terma jamoasi ishtirok etadi. Qolgan 12ta terma jamoa “B” ligaga yo‘l olsa, “S” ligada 15ta terma jamoa, “D” ligada esa 16ta terma jamoa qatnashadi.

Millatlar ligasi musobaqasi ko‘plab muxlislar orasida katta qiziqishga sabab bo‘lmoqda. Bu musobaqadan o‘rin olgan uchrashuvlar joriy mavsumning haqiqiy bezagi bo‘lishiga shubha yo‘q.

UZREPORT TV va FUTBOL TV telekanallarida mavsumning eng qiziqarli musobaqalaridan o‘rin olgan shiddatli uchrashuvlarni jonli efirda tomosha qilib boring!

Manba: uzreport.news
Kiritildi: 14:43, 26.07.2018.
O'qildi: 8814 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.