Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis 1-1 Selta
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

O‘zbekistonda yangi musobaqa: Maqsad - iqtidorlarni Olimpiya sport turlariga jalb qilish

O‘zbekistonda yangi musobaqa: Maqsad - iqtidorlarni Olimpiya sport turlariga jalb qilish

Baho:
+ | -

O‘zbekistonda Olimpiya va Osiyo o‘yinlari kabi nufuzli musobaqalardagi muvaffaqiyatlar salmog‘ini oshirish borasida harakatlar jadal ravishda olib borilmoqda. Bu borada navbatdagi qadam tashlandi desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. Bugun Milliy olimpiya qo‘mitasida boks, dzyudo, taekvondo WTF va karate WKF sport turlari bo‘yicha saralash musobaqalarini tashkil etish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda yuqorida qayd etilgan sport federasiyalari vakillari ham ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda sharq yakkakurashlarining turli yo‘nalishi bilan shug‘ullanayotgan yoshlarimizni Olimpiya sport turlariga jalb qilish, ular uchun maxsus musobaqa o‘tkazish masalasi muhokama qilindi.

Unga ko‘ra kikboksing, muaytay, qo‘l jangi, ushu bilan shug‘ullanayotgan sportchilarimiz o‘rtasida boks bo‘yicha turnir tashkil qilish taklif etildi. Kurash, sambo, belbog‘li kurash, jiu-jitsudan dzyudoga, taekvondoning an’anaviy, shuningdek, ITF va GTF yo‘nalishlari, o‘zbek jang san’ati, jun ri dodan taekvondo WTFga, fudokan karate-do, an’anaviy karate va shotokan karate-dodan esa karatening WKF yo‘nalishiga yo‘naltirish ishlari olib boriladi.

15-21 yoshli sportchilar ishtirokida tashkil qilinadigan musobaqa joriy yilning sentyabr-oktyabr oylarida o‘tkazish rejalashtirildi.

 

 

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 08:45, 27.07.2018.
O'qildi: 2059 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.