Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Anzur Ismoilov: «Toshkent derbisini sog‘indim»

Anzur Ismoilov: «Toshkent derbisini sog‘indim»

Baho:
+ | -

Superliganing 18-turi doirasida “Bunyodkor”ga qarshi o‘yindan oldin “Lokomotiv” himoyachisi Anzur Ismoilov klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.

– So‘nggi marta Toshkent derbisida maydonga tushganingizga 8 yil bo‘ldi. O‘shanda “Paxtakor”ga qarshi o‘yinda maydonga tushgan ekansiz. Poytaxt derbilarini sog‘ingan bo‘lsangiz kerak.

– Ha, albatta. Oxirgi marta poytaxt derbisida o‘ynaganimga ham 8 yil bo‘libdi. Bunday emosiyalarga boy bahslarda ishtirok etishni juda ham sog‘indim. Maydonda ikki kuchli jamoa harakat qiladi. O‘yinda g‘alaba qozonishga, o‘z muxlislarimizni xursand etishga intilamiz. “Bunyodkor”ga qarshi o‘yinni intizorlik bilan kutyapman.

– O‘zbek futboli 8 yil ichida qanchalik darajada o‘zgargan?

– Futbolimiz anchagina o‘sgan. Jamoalar tarkibida yaxshi saviyali, iqtidorli yoshlar juda ko‘p. Futbolchilarning texnikasi ham, o‘yin sifati ham anchagina oshgan. Futbolda bu bo‘layotgan o‘zgarishlar o‘yin sifatiga ham anchagina ta’sir qilgan. Chempionatimiz ham kuchli bo‘lsa, termaning o‘yinlariga ham ta’sir qiladi. Umid qilamanki, shunday kuchli o‘yinlar ko‘paysa, futbolchilarimiz kuchli legioner maqomida o‘ynay olishadi.

– O‘yinga tayyorgarlik qay tarzda ketmoqda?

– Tayyorgarlik yaxshi ketmoqda. Oldimizdagi ikki muhim uchrashuv ko‘p narsani hal qiladi. Bizda katta tajribaga ega jamoa bor. Superligada oson o‘yin yo‘q. Ushbu bahslarda maksimal natijalar olishga va kuchli jamoa ekanligimizni isbotlashga harakat qilamiz.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 14:36, 27.07.2018.
O'qildi: 2415 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.