Xabaringiz bor, shu yilning 18 avgust – 2 sentyabr kunlari Indoneziyada XVIII Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Ko‘pchilik futbol muxlislari mazkur musobaqada futbol bo‘yicha terma jamoamiz ishtirokini sabrsizlik bilan kutishyapti.
Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo o‘yinlariga jiddiy tayyorgarlik olib boryapti. O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi hamda O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan terma jamoamiz a’zolari uchun barcha sharoitlar, o‘quv mashg‘ulot yig‘inlari tashkil qilib berilmoqda.
Shu yilning 3-9 avgust kunlari Osiyo o‘yinlari oldidan so‘nggi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkaziladi. Ana shu yig‘indan keyin murabbiylar shtabi Osiyo o‘yinlariga boradigan yakuniy tarkib borasida bir to‘xtamga keladi. O‘sha paytda jismoniy va funksional jihatdan har tomonlama tayyor bo‘lgan futbolchilar Osiyo o‘yinlarining yakuniy ro‘yxatiga kiritiladi.
Osiyo o‘yinlarida qatnashadigan O‘zbekiston OTJning yakuniy tarkibi O‘zbekiston futbol assosiasiyasining rasmiy sayti orqali alohida e’lon qilinadi.
Bellingem Romeroga Messi haqida keskin gap aytdi [3077]
Diomande Adeyemining rafiqasi trollingiga o‘ziga xos javob qaytardi [2983]
Ferran Torres «Oltin to‘p»ni kim yutishini xohlashini aytdi [2962]
Turkiyada «Saloh toshi» paydo bo‘ldi (Foto) [2491]
Keyn kelasi mavsum uchun klub tanladi [2149]
Ferran Torres «Barselona»da kimni eng ko‘p sog‘inishini aytdi [2126]
Bernardu Silva «Real»da doimiy o‘yin amaliyotidan mahrum bo‘lishi mumkin [1870]
Osiyo o‘yinlari: O‘zbekistonning Vyetnamga qarshi asosiy tarkibi ma’lum bo‘ldi [1803]
Bugun O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Osiyo o‘yinlaridagi 3-uchrashuvini o‘tkazadi [1781]
Give Me Sport 2026 yilgi "Oltin to‘p" favoritlar reytingini yangiladi [1763]













