Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Navbahor» – «Paxtakor»: Liboslar rangi tanlandi

«Navbahor» – «Paxtakor»: Liboslar rangi tanlandi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, ertaga Superliga 19-turi doirasida Namanganning “Navbahor” klubi o‘z maydonida Toshkentning “Paxtakor” jamoasini qabul qiladi.

Mazkur o‘yin oldidan har ikki jamoa mutasaddilari, shuningdek, uchrashuv komissari Ma’mur Saidqosimov ishtirokida miting o‘tkazildi. Unda bo‘lajak o‘yinga oid bir qator masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, jamoalarning ertangi uchrashuvda qanday rangdagi liboslarda maydonga tushishlari ham ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra, bo‘lajak bahsda “Navbahor” futbolchilari qizil, “Paxtakor” vakillari esa oq rangli futbolkalarda  maydonga tushadigan bo‘lishdi.

Eslatib o‘tamiz, “Navbahor” – “Paxtakor” uchrashuvi  “Markaziy” o‘yingohda soat 20:00da boshlanadi.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 22:46, 27.07.2018.
O'qildi: 1866 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик