Namanganning “Navbahor” PFK yangi rahbariyati jamoa muxlislari uchun yana bir xayrli ishga qo‘l urdi. Bu haqda “Navbahor” Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lumotga ko‘ra, Superliganing 19-tur doirasidagi “Navbahor” – “Paxtakor” uchrashuvidan boshlab, “lochin”lar o‘z uy o‘yinlarini o‘tkazadigan “Markaziy” o‘yingohga kirish chiptalari arzonlashtirildi.
Ya’ni, 30 ming so‘mlik chipta narxlari 20 ming so‘mga tushirildi. Endi “Navbahor” o‘yiniga tushadigan futbol ishqibozlari 4,5, 6, 7, 8,9, 14, 15, 16, 17, 18 va 19 sektorlar uchun 15 ming, 2,3, 10, 11, 12, 13, 20 hamda 21-sektorlar uchun 20 ming so‘mdan chipta xarid qilishlari mumkin.
Bundan tashqari, “Navbahor” – “Paxtakor” uchrashuvi uchun chiqarilgan har bir chipta yutuqli hisoblanadi. Muxlislar xarid qilgan chiptalariga ikki dona Smartfon telefonlari, klub brendi ostidagi futbolkalar, soyabonlar va “Navbahor” jamoasi futbolchilarining imzolari tushirilgan to‘plar yutib olish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Mazkur o‘yinni yaqindagina yakunlangan JCH-2018 turnirida faoliyat yuritgan Osiyo qit’asining eng yetakchi referilaridan biri, bahraynlik Navaf Shukrulla boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqaradi.
“Navbahor” – “Paxtakor” uchrashuvi uchun chiptalar kecha, 26 iyuldan sotuvga chiqdi. Mazkur bahs 28 iyul kuni soat 20:00 da start oladi.
““Navbahor” PFKning barcha sa’y-harakatlari muxlislarga yaxshi va qulay shart-sharoitlar yaratishdan iborat. Sevimli jamoangiz - “Navbahor”ni qo‘llab-quvvatlang hamda maxsus sovg‘alarga ega bo‘ling!”, deya yozadi klub Matbuot kotibi Ulug‘bek Umarov.
Joze Mourinyu Lamin Yamalning «Real»ga o‘tish ehtimoli haqida gapirdi [5173]
Benzema La Ligaga qaytishi mumkin [2900]
Mourinyo: "Men Diomandeni so‘ramagan edim..." [2580]
«Chelsi»da katta tozalash: 12 futbolchi sotilishi yoki ijaraga berilishi mumkin [2136]
"Real" "Manchester Siti"ning 40 million yevrolik futbolchisiga qiziqish bildirmoqda [1932]
Turk insayderi Fayzullayevning Fransiya chempionatiga ko‘chib o‘tishi mumkinligini tasdiqladi [1917]
Konate bir narsadan afsusda [1823]
Dyokeresh "Barselona"ga o‘tishni istamoqda [1769]
"Barselona" "Chelsi"dan 80 million yevro so‘ramoqda [1746]
«Real» 19 yoshli ispaniyalik iqtidorni kuzatmoqda — uning tovon puli atigi 3 mln yevro [1743]













