Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Yoshlar ligasi. «Navbahor» «Paxtakor»ga imkoniyatni boy berdi

Yoshlar ligasi. «Navbahor» «Paxtakor»ga imkoniyatni boy berdi

Baho:
+ | -

Yoshlar ligasi 19-turi doirasida “Navbahor” yoshlari o‘z maydonlarida yosh “paxtakorchilar”ni qabul qilishdi. Ta’kidlash joizki, uchrashuv ancha qizg‘in va keskin kurashlar ostida kechdi. O‘z o‘rnida shuni keltirish joizki, muxlislar shu kuni ikki xil bo‘limga guvoh bo‘lishdi. Bahsning 1-bo‘limida ustunlik yoshlarimiz, 2-bo‘limda esa mehmonlar tarafida bo‘ldi.

Ammo Shuhrat Qoraboyev shogirdlari yuzaga kelgan qulay vaziyatlardan samarali tarzda foydalana olishmagan bo‘lsa, aksincha, yosh “sherlar” buning uddasidan chiqishdi va yakunda zafar quchishdi.

Uchrashuvni faol boshlagan yosh “lochinlar” raqib darvozasi oldida birin-ketin xavfli vaziyatlarni yuzaga keltira boshlashdi. Shunday hujumlarning birida Akmal Turg‘unboyevning zarbasidan keyin to‘p darvoza ustuniga tegib qaytgan bo‘lsa, Ravshan Do‘smatovning jarima zarbasidan keyin to‘p darvoza to‘sini tepasidan o‘tib ketdi. Yana bir vaziyatda Bilolxon Toshmirzayev burchak zarbasidan so‘ng, to‘pni boshi bilan darvozaga yo‘lladi. Lekin to‘p to‘g‘ri toshkentliklar darvozaboni Umid Hamroyevning qo‘liga kelib tushdi.

Shuningdek, yana bir hujumda Toshmirzayevning zarbasiga aniqlik yetishmadi. Yana bir holatda esa Abdurashid Valixonovning zarbasidan keyin to‘p darvoza to‘sini tepasidan o‘tib ketdi.  

“Paxtakor” yoshlari esa tanaffusgacha sanoqli xavfli vaziyatlar sodir etishdi. Bir vaziyatda Hojimat Erkinov 2-3 nafar himoyachini aldab o‘tib, darvoza tomon zarba yo‘lladi. Lekin to‘p to‘g‘ri darvozabonning qo‘liga borib tushdi. Yana bir holatda esa jamoa sardori Shohruh Mahmudhojiyevning jarima zarbasidan keyin to‘p darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi.

Natijada  uchrashuvning 1-bo‘limida hisob ochilmadi.

Ikkinchi bo‘limni faol boshlagan yosh “sherlar” tezda hisobni ochishga muvaffaq bo‘lishdi. Shohruh Mahmudhojiyev to‘pni “Navbahor” yoshlar jamoasi darvozaboni Dilmurod Muhriddinovning tepasidan oshirib, darvozaga yo‘lladi.

55-daqiqada mehmonlar yarim himoyachisi Georgiy Ahmedov darvozani yaqin masofadan nishonga ololmadi.

Shundan so‘ng, mezbonlar biroz muddat muvozanatni tiklashga harakat qilishdi. Lekin toshkentliklar bunga imkon berishmadi. Hujumlarning birida yoshlar jamoamiz sardori Hojiakbar Yunusovning zarbasidan keyin to‘p darvoza to‘sini tepasidan o‘tib ketdi.

70-daqiqada mehmonlar hisobdagi farqni oshirishdi. Shohruh Mahmudhojiyev jarima maydonchasi ichidan kuchli zarba yo‘llab, darvozani aniq nishonga oldi va o‘z “dubl”ini nishonladi.

Ikki to‘p farqi bilan oldinda borayotgan yosh “sherlar” uchrashuv yakuniga qadar yaxshi himoyalanishdi va navbatdagi g‘alabani nishonlashdi.

“Navbahor” yoshlariga esa vaziyatlardan samarali tarzda foydalana olmaslik pand berdi va yakunda mag‘lubiyat alamini totishdi.

“Navbahor” – “Paxtakor” – 0:2 (0:0)

27 iyul. To‘raqo‘rg‘on. “Yoshlik” stadioni. 385 tomoshabin. 

Hakamlar: Akmaljon Rahimov (Andijon), Eldor Tursunov (Namangan), Islom Nosirov (Namangan), Muzaffar Mamatxanov (Namangan).

Gollar: SH.Mahmudhojiyev (47, 70).

“Navbahor”: 99.Dilmurod Muhiddinov, 2. Ismoil Abduraimov(13. Samandar Mahammadjanov, 87), 4.Javohir Olimjonov, 5.Hojiakbar Yunusov, 7. Akmaljon Turg‘unboyev (8.Sobitxon Abdujabborov, 83), 9.Abdurashid Valixonov, 10.Bilolxon Toshmirzayev (18.Ahrorjon Mamatvaliyev, 72),11.Ahmadxon Mamadaliyev (17.Otabek Solihov,61), 14.Ravshan Do‘smatov (6.Muzaffar Abdullayev,46),15.SHahzodbek Hamidov, 22.SHohruhmirzo Ahmadaliyev (3.Alijon Alijonov,81).

“Paxtakor”: 50.Umid Hamroyev, 4. Shahzod Azmiddinov, 5.Hojimat Erkinov (17.Ibrohim G‘anixonov, 87), 6.Alisher Salimov, 8.Humoyunmirzo Iminov (7. Dian Talxatov, 90+1), 9. Shohruh Mahmudjodjayev (21.Rustamxon Azimov, 90+1), 10.Asadbek Sobirjonov (29. Muhammad Yuldashev, 46),Ibrohimxalil Yo‘ldoshev, 15. Bobur Asqarov, 28.Georgiy Ahmedov (Diyor Ramazonov, 77), 31. Shahzod Muxtorov.

Ogohlantirishlar: I.Abduraimov (42) – A.Sobirjonov (35), H.Iminov (72).

Nazoratchi: Sardor Najafaliyev.

Komissar: Ma’mur Saidqosimov.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 00:08, 28.07.2018.
O'qildi: 2465 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.