Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/12 01:00 Valensiya - Malyorka
20/12 17:30 Nyukasl - Chelsi
20/12 18:00 Real Ovyedo - Selta
20/12 20:00 Bornmut - Byornli
20/12 20:00 Brayton - Sanderlend
20/12 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
20/12 20:00 Vulverhempton - Brentford
20/12 20:15 Levante - Real Sosyedad
20/12 22:00 Lasio - Cremonese
20/12 22:30 Osasuna - Alaves
20/12 22:30 Tottenhem - Liverpul

OFK vakili CAFA U-15 musobaqasi tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirdi

OFK vakili CAFA U-15 musobaqasi tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO
Rukn: Yangiliklar
Ayni kunlarda Toshkent shahrida 15 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasida Markaziy Osiyo Futbol Assosiasiyasi tomonidan mintaqa chempionati o‘tkazilmoqda.    Avvalroq, Toshkent U-16 o‘smirlar o‘rtasidagi MOFA chempionatiga ham mezbonlik qilgan va ushbu turnir yuqori saviyada tashkil etilgan edi. Ayni kunlarda esa MOFAga a’zo mamlakatlarning 15 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan iborat terma jamoalari navbatdagi musobaqada g‘oliblik uchun kurash olib borishmoqda.     Nufuzli musobaqani yuqori saviyada tashkil etish tashkilotchilar oldiga qo‘yilgan asosiy maqsadlardan biridir. Shu boisdan bugun musobaqa tashkiliy qo‘mitasi shtabi joylashgan Toshkentdagi Ramada mehmonxonasida tashkiliy qo‘mita hamda musobaqaga jalb etilgan ko‘ngilli volontyorlar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Osiyo Futbol Konfederasiyasi Xalqaro aloqalar departamenti boshlig‘i Vohid Kardani ishtirok etdi va musobaqani yuqori saviyada tashkil etishga hissasini qo‘shayotgan ishchi guruhga OFK nomidan minnatdorchiligini bildirdi.   Har qanday musobaqaning yuqori saviyada o‘tishi avvalo, ushbu musobaqada ishlayotgan tashkiliy qo‘mita hamda volontyorlar mehnatiga bog‘liq. Bugungi kunda dunyoda o‘tkaziladigan har qanday yirik turnir volontyorlarsiz tashkil etilmaydi. Ular musobaqada ishtirok etuvchi jamoalar bilan, rasmiylar va boshqa mehmonlar bilan ishlash, shuningdek, hujjatlar bilan bog‘liq masalalarda tashkiliy qo‘mitaga katta amaliy yordam ko‘rsatishadi. Buni uchrashuvda OFK xalqaro aloqalar departamenti boshlig‘i Vohid Kardani ham ta’kidlab o‘tdi.

“Toshkentda o‘tkazilgan birinchi turnir va ayni kunlarda tashkil etilgan ikkinchi musobaqada ham tashkiliy qo‘mita a’zolari katta hajmdagi ishlarni bajarishmoqda. Ular musobaqaning yaxshi saviyada o‘tishida tinmay mexnat qilishmoqda. OFK hamda shaxsan o‘z nomimdan barchaga, tashkiliy qo‘mita va volontyorlarga minnatdorchilik bildiraman. Ushbu musobaqa yuqori saviyada davom etishiga va muxlis-u mutaxassislarda yanada yaxshiroq taassurot uyg‘otishiga ishonaman”, - dedi Kardani.
Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 12:53, 28.07.2018.
O'qildi: 2042 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.