"Bavariya" yarimhimoyachisi Hames Rodriges o‘z kelajagi borasida fikr bildirdi.
Kolumbiyalik 27 yoshli futbolchi "Real" bilan ijara shartnomasiga asosan mavsum-2018/19 ni Myunxenda o‘tkazadi. Mavsum tugaganidan so‘ng "Bavariya" uni 46 mln yevroga sotib olish huquqiga ega bo‘ladi.
"Bu yerda 2019 yilgacha qolishim mumkin. Men faqat "Bavariya" haqida o‘ylayapman. Kelajagim borasida mish-mishlar ko‘p bo‘ldi. Men "Bavariya"daman va hech narsadan tashvish qilganim yo‘q. Bu yerda hammasidan roziman.
Chempionlar ligasini yutishimiz mumkin, bu mening maqsadim. Katta transferlarni amalga oshirish shart emas, biz bir jamoamiz", - deydi Hames.