Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

Yoshlar ligasi. «Qo‘qon-1912» «Sug‘diyona»dan kichik hisobda ustun keldi

Yoshlar ligasi. «Qo‘qon-1912» «Sug‘diyona»dan kichik hisobda ustun keldi

Baho:
+ | -

"Qo‘qon-1912" klubi Matbuot xizmati sharhi.

Oldingi uchrashuvda alamli mag‘lubiyatga uchragan o‘rinbosarlarimiz ushbu bahsda g‘alaba qozonishni maqsad qilishgani bois o‘yinni hujumkor ruhda boshlashdi. 2-daqiqada raqib darvozasi oldida xavfli vaziyat vujudga keldi. Himoyachilar amallab hujumni qaytarishdi. 28-daqiqada mehmonlar hisobni ochishgandi. Bosh hakam avvaliga golni inobatga oldi. Biroq yordamchisi bilan maslahatlashgach, golni bekor qildi.

32-daqiqa himoyachilarimiz jarima maydonchasi ichida “So‘g‘diyona” futbolchisini qo‘pollik bilan to‘xtatib qoldi. Bosh hakam penalti belgiladi. Penaltini esa Nurullo To‘xtasinov bexato bajardi.

Qolgan daqiqalarda muxlislarga boshqa gol ko‘rish nasib etmadi. Jamoalar tanaffusga shu hisobda chiqib ketishdi.

Ikkinchi bo‘limni ham futbolchilarimiz shiddatli hujumlar ostida boshlashdi. 55-daqiqada hisobni tenglashtirishga yaqinlashdik. Ibrohim G‘ofurovning boshi bilan yo‘llagan zarbasi darvoza to‘siniga tegib qaytdi.

69-daqiqada futbolchilarimiz hisobni tengalshtirishdi. Burchakdan oshirilgan to‘pni Iqbol Malikjonov raqib darvozasiga aniq yo‘lladi. Malikjonov birinchi davrani aynan “So‘g‘diyona” jamoasida o‘tkazganini unutmaslik lozim. 74-daqiqada Muslim Qurbonovning zarbasiga ozgina aniqlik yetishmadi. 78-daqiqada Abramovning jarima zarbasi darvoza ustuniga tegdi. Yana bir bor mehmonlarni darvoza ustuni saqlab qoldi. 85-daqiqada Malikjonovning kuchli zarbasini mehmonlar posboni qaytarishga erishdi. Ajoyib sayv.

88-daqiqada mehmonlar o‘z jarima maydonchalari ichida qo‘pollik ishlatishdi. Hakam penalti belgiladi. Saveliy Abramov penaltini aniq amalga oshirdi.

Shu tariqa, vakillarimiz irodali g‘alabaga erishishdi.

Yoshlar ligasi

19-tur

“Qo‘qon-1912” –  “So‘g‘diyona” – 2:1 (0:1)

Hakamlar:  F. Yansupov, SH. A’zamov, D. Mirzaraimov, S. Rahmonov.

Nazoratchi: I. Nexochin.

Gollar: Iqbol Malikjonov – 69, Saveliy Abramov – 89 (pen). – Nurullo To‘xtasinov – 32 (pen)

“Qo‘qon-1912”: 12. Muhammadali Sobirov, 5. Jasur Yoqubov, 10. Ibrohim Muxtorov, 11. Muslim Qurbonov, 14. Iqbol Malikjonov, 17. Dilshod Baratov, 18. Doston Meliqo‘ziyev, 23. Mo‘min Sodiqjonov, 26. Ismoil Tolipov, 70. Ibrohim G‘ofurov, 98. Saveliy Abramov.

Zaxira: 16. Mirzohid Jalilov, 4. Shukur Mo‘minov,8. Ibrohim Ahmadjonov,  9. Ramz Isaqov, 25. Oxun Olimov, 85. Shohjahon Qosimjonov,  96. Bekzod Karimov.

“So‘g‘diyona”: 1. Shirinboy Abdullayev, 3. Nodir Quybekov, 4. Jasur O‘rinov, 7. Shahboz Jo‘rabekov, 10. Siroj Meliyev, 11. Sahob Rashidov, 13. Shohjahon Hasanov, 14. Javohir Xayrullayev, 18. Nurullo To‘xtasinov, 47. Javlon Abdumurotov, 77. Nuriddin Hasanov.

Zaxira: 32. Azamat Soyibov, 2. Asiljon Orifov, 17. Ibrohim Qodirov, 27. Ilyor Sobirjonov, 34. Doston Ergashev, 55. Otabek Abdunorov, 91. Muslim Abdullayev.

Manba: www.kokand1912.uz
Kiritildi: 23:20, 28.07.2018.
O'qildi: 2050 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик