Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

«Xarizma»li xorvat yoxud «Bavariya»ning yangi bosh murabbiyi haqida

«Xarizma»li xorvat yoxud «Bavariya»ning yangi bosh murabbiyi haqida

Baho:
+ | -

«Yana bu yerga qaytganimdan, «Bavariya» meni bosh murabbiy sifatida qabul qilganidan behad mamnunman» - Myunxen superklubining yangi ustozi haqidagi hikoyamizni uning matbuot anjumanidagi kirish so‘zi bilan boshladik.

Muqaddima

Niko Kovach «Bavariya»ning bosh murabbiyi lavozimiga taklif etilgach, uning faoliyati xususida ko‘pgina maqolalar chop etildi. Ulardan farqli o‘laroq, biz murabbiyning boshqa kasbdoshlaridan ajralib turadigan xislatlariga to‘xtalishni ma’qul ko‘rdik.

Aka-ukalar

Niko hamda Robert Kovachlar murabbiylik sohasida oilaviy tandemni tashkil etishgan. Bunaqasi futbol olamida kam uchraydi. Ular birgalikda to‘p surishdi, endi qo‘lni-qo‘lga bergan holda futbolchilarga ustozlik qilishmoqda. Hamkorlik Zalsburgda boshlanib, Xorvatiya terma jamoasi va «Ayntraxt»da davom etdi. Endi navbat «Bavariya»ga keldi.

Nikoning Myunxen grandi bosh murabbiyligiga tayinlanishi bahordayoq ma’lum bo‘lgandi. Matbuot anjumanida Kovach jangovar ruhiyatini namoyish etdi: «Qanday mas’uliyatni zimmamga olayotganimni sezib turibman. Muvaffaqiyatga erishish yo‘lini yaxshi bilaman. Men ham, ukam ham xizmatga shaymiz».

Aka-uka tandemida har qaysi mutaxassisning o‘z o‘rni, vazifasi bor. Nikoning o‘z shogirdlarini ruhlantira olish qobiliyati ekspertlar tomonidan e’tirof etilgan, Robert esa - taktika ustasi.

U faqat jamoa uslubi xususida bosh qotiradi, akasining «soya»sida qolib ketayotganidan xafa bo‘lmaydi.

G‘oliblik ruhiyati

«Trebl» qayd etilgan 2012|2013 yillar mavsumidan keyin «Bavariya»da ikki marta murabbiy almashdi. Yupp Xaynkesning ilk vorisiga aylangan Gvardiola ikki mavsumda 2ta Germaniya kubogi va 3ta «kumush tovoq»qa sazovor bo‘ldi. Lekin YECHLda qatorasiga 3 marta yarim finallarda Ispaniya grand­laridan yengildi, «shalpangquloq» Myunxenga qaytmadi.

Oqibatda Xaynkesning kubogi so‘nggi xalqaro sovrinligicha qoldi. Shu tariqa shartnomani uzaytirmagan Gvardiola o‘rnini Karlo Anchelotti egalladi. Bir qarashda «Milan»ni 2, «Real»ni 1 marta xalqaro maydonda g‘oliblikka olib kelgan italiyalik mutaxassis nemis grandi uchun munosib nomzoddek tuyulgandi. Biroq uning «Bavariya»si nufuzli turnirni chorak finaldayoq tark etdi.

To‘g‘ri, ichki musobaqada g‘olib chiqdi. Ammo 5 karra chempion «Bavariya» uchun bu maqtanishga arziydigan natija emasdi. Klub mutasaddilari don Karlo ilk mavsumini o‘tkazayotganini inobatga olib, yana imkon berishdi. Biroq yangi mavsumda ham o‘zgarish sezilmadi.

Rahbariyat mavsum yakunini kutib o‘tirmay, Anchelotti bilan xayrlashdi, Yupp Xaynkes rahbarligida «Bavariya» yana shohsupaga ko‘tarildi. Lekin YECHLdagi omadsizlikka chek qo‘yishni faxriy murabbiy ham uddalay olmadi. Mutasaddilarning hamkorlikni davom ettirish haqidagi takliflarini rad etgan Xaynkes futboldan charchagani, keksalik davrini oila davrasida o‘tkazishini ma’lum qildi.

Gvardiola hamda Anchelottining xalqaro arenalardagi omadsizliklarini aksariyat mutaxassislar futbolchilarning jarohatlari bilan izohlashadi. Aslida, o‘yinchilarning jismoniy tayyorgarligi talab darajasida bo‘lmagan. Shu bois, jamoa mavsumning yakuniy bosqichida toliqib qolardi.

Kovachning shogirdlari esa shu payt­gacha doimo ajoyib sport formasida bo‘lishgan. O‘ylashimizcha, xorvatiyalik mutaxassis Myunxendagi faoliyatini jismoniy tayyorgarlikka katta e’tibor qaratishdan boshlaydi.

Quvvat tugagan joyda ruhiyat boshlanadi

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 17:59, 30.07.2018.
O'qildi: 7447 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.