Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma 0-0 Jenoa
18/01 18:00 Xetafe 0-1 Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Prevyu: «Sug‘diyona» – «Nasaf»

Prevyu: «Sug‘diyona» – «Nasaf»

Baho:
+ | -

“Nasaf” 20-tur uchrashuvini  safarda Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv 1 avgust chorshanba  kuni “So‘g‘diyona” stadionida soat 19:00da boshlanadi.

Pepsi Superliga. 20-tur

“SO‘G‘DIYONA” -  “NASAF”

01.08.2018. “So‘g‘diyona” stadioni. 19:00da

Bosh hakam: Akobirxo‘ja Shukurullayev (Toshkent)

Qanot hakamlari: Doniyor Saylavov (Toshkent), Rishat No‘’monov (Toshkent)

Zaxira hakami: Elyor Tursunov (Buxoro)

Nazoratchi: Artyom Arutyunov (Toshkent).

Komissar: Bekzod Aripov.

O‘zaro uchrashuvlarga oid faktlar

Ushbu jamoalar milliy chempionat doirasida bungacha o‘zaro 35 marotaba kuch sinashgan. Shulardan 27ta o‘yinda “ajdarlar”ning qo‘li baland kelgan. 1ta o‘yinda o‘zaro durang qayd etilgan. Ushbu tarixiy durang 1998 yil Qarshida qayd etilgan. 7 uchrashuvda “So‘g‘diyona” jamoasi g‘alaba qozongan. O‘zaro uchrashuvlarda 108 marta darvozalarga gol kiritilgan. To‘plar nisbati bo‘yicha ustunlik “Nasaf” tomonida – 31:77.

Mazkur jamoalar o‘rtasidagi shu yili Qarshida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda, “So‘g‘diyona” jamoasi 2:1 hisobida zafar quchgan edi. Ushbu mag‘lubiyat “Nasaf”ning bu yilgi chempionatdagi ilk mag‘lubiyati sifatida tarixga kirdi.

Jizzaxda bo‘lgan o‘zaro uchrashuvlar tarixidan

Mazkur jamoalar Jizzaxda o‘zaro 17ta uchrashuvda maydonga tushishgan. Bu uchrashuvlarda 5 marta “So‘g‘diyona” jamoasining, 12 marta “Nasaf”ning qo‘li baland kelgan.Jamoalar Jizzaxdagi o‘zaro uchrashuvlarda durang qayd etishmagan. Darvozalarga jami 47ta gol kiritilgan. Gollar nisbati bo‘yicha ustunlik “ajdarlar” tomonida – 33:14.
Ushbu jamoalar 1997 yilgi mavsumdan o‘zaro maydonga tushgan bo‘lsalarda, “Nasaf” safardagi ilk g‘alabasini 2000 yilgi mavsumda qo‘lga kiritgan. Bu uchrashuvda “Nasaf” kichik 1:0 hisobida g‘alaba qozongan, uchrashuvdagi golni Rustam Abdullayev kiritgan.
“So‘g‘diyona” jamoasi o‘z maydonida so‘nggi bor “Nasaf”ni 2008 yili mag‘lubiyatga uchratgan.

Jizzaxdagi so‘nggi o‘zaro besh uchrashuv

31.05.2013. “So‘g‘diyona” – “Nasaf” 0:2

03.05.2014. “So‘g‘diyona” – “Nasaf” 1:2

21.10.2015. “So‘g‘diyona” – “Nasaf” 1:2

19.11.2016. “So‘g‘diyona” – “Nasaf” 0:3

26.09.2017. “So‘g‘diyona” – “Nasaf” 0:3

 

O‘zaro qayd etilgan yirik hisoblar

“Nasaf” jizzaxliklarni eng yirik 4:0 hisobida mag‘lub etgan. “So‘g‘diyona” esa 3:2 yirik hisobidagi g‘alabaga erishgan. 

O‘zaro o‘yinlarda “ajdarlar” olti marta yirik hisobda g‘alaba qozongan (3:0 – 2000, 2009, 2016 yil, 4:1 – 2004, 2009, 4:0 - 2017).

Yana bir qiziqarli fakt, ushbu jamoalarning o‘zaro uchrashuvlarda eng “yaxshi ko‘rgan” hisobi - 2:1 yoki 1:2dir. O‘zaro o‘tkazilgan 31 uchrashuvda bu hisob 9 marta takrorlangan.

 

Murabbiylardan iqtiboslar

O‘zingizga ma’lum, shu yili 1 may kuni “Nasaf” va “So‘g‘diyona” jamoalari Qarshida o‘zaro kuch sinashgan edilar. Uchrashuvda “So‘g‘diyona” jamoasi g‘alaba qozongan edi. O‘yindan so‘ng murabbiylar qanday fikr bildirishgan edi? Quyida iqtiboslar keltiramiz.

Sergey Lushan: - Biz bugun O‘zbekistonning eng kuchli jamoalaridan biri – “Nasaf”ni mag‘lubiyatga uchratdik. “Nasaf” bilan o‘ynash hamisha qiyin, bunga “Bunyodkor” klubida ishlagan paytim ham guvohi bo‘lganman. Bungacha  bizning ayrim yosh o‘yinchilarimiz, “Nasaf”ning yetakchi o‘yinchilarini faqat teleekran orqali ko‘rishgan. Bugun ko‘pchilikka bizning futbolchilarimiz vaqtni cho‘zgandek ko‘ringandir. Ammo takror aytaman, “Nasaf”dek jamoaga qarshi o‘ynash oson emas.

Ro‘ziqul Berdiyev: - Bugun mag‘lubiyatga uchradik. Bunga sabab, jamoamizda ruhiy tushkunlik bor. Shuningdek bugungi o‘yinda jismonan tayyormasdek o‘ynadik. Shuni alohida ta’kidlashni istardim hozirgi muammolarimiz o‘z yo‘liga, ammo biz maydonga tushdikmi, g‘alaba uchun harakat qilishimiz kerak. Bizdan muxlislarimiz shuni kutishadi. 

Jamoalar navbatdagi o‘zaro uchrashuvga qanday yetib kelishdi?

Bu jamoalar o‘tgan 19-turda mag‘lubiyatga uchrashdi. Har ikkala jamoa mag‘lubiyatini bemalol – alamli bo‘ldi deyish mumkin. Masalan, “Nasaf” o‘z maydonida “AGMK”ni qabul qildi. Dastlabki bo‘limda yaqqol ustunlik qilgan “ajdarlar” ikkinchi bo‘limda o‘z darvozalaridan oson gollarni o‘tkazib yuborishdi. Ya’ni futbolchilari ikkinchi bo‘limda raqibga imkoniyatni  berib qo‘ydi.

“So‘g‘diyona” jamoasi safarda “Qo‘qon-912” jamoasining mehmoni bo‘ldi va 2:1 hisobida alamli mag‘lubiyatga uchradi. Jizzaxliklar safarda o‘ynashiga qaramasdan maydon egalari bilan tengma-teng kurash olib borishdi. Uchrashuv durangga mos edi. Ammo ikkinchi bo‘limdagi penalti va u orqali kiritilgan gol, “So‘g‘diyona” jamoasini ancha asabiylashtirib qo‘ydi, natijada ular hisobni tenglashtira olishmadi.

Bu jamoalar quyi oltilikda borishmoqda. “Nasaf” so‘nggi mag‘lubiyat orqali yuqori oltilikdan joy olishini deyarli yo‘qqa chiqardi. “Ajdarlar”ning muvaffaqiyatsizligiga asosiy sabab qilib, qarshiliklarning qator yetakchilar tark etganini va markaziy yarim himoyachi Aziz G‘aniyevning jarohati tufayli jamoasiga yordam bera olmayotganini ko‘rsatish mumkin. Ayni paytda Nasaf“”da barqarorlik yetishmayapti. Bo‘lajak uchrashuv har ikkala jamoa uchun juda muhim sanaladi. Shundan kelib chiqib, bu uchrashuvni murosasiz o‘tishini oldindan taxmin qilish mumkin.

Ushbu jamoalarning o‘rinbosarlari o‘rtasidagi uchrashuv, 31 iyul seshanba kuni “So‘g‘diyona” klubi qarorgohi maydonida soat 17:30da boshlanadi.

Manba: www.fcnasaf.uz
Kiritildi: 23:08, 30.07.2018.
O'qildi: 3341 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.