Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya 0-0 Kalyari
03/05 17:00 OKMK 0-0 Neftchi
03/05 17:00 Selta 3-1 Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 1-0 Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut 3-0 Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo 2-0 Milan
03/05 19:15 Surxon 1-1 Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe 0-2 Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted 3-2 Liverpul
03/05 21:00 Yuventus 1-1 Verona
03/05 21:30 Betis 3-0 Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa 1-2 Tottenhem
03/05 23:45 Inter 2-0 Parma
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm - Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv - Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

Belgiyalik «beso‘naqay» yoxud Tibo Kurtua haqida nimalarni bilasiz?

Belgiyalik «beso‘naqay» yoxud Tibo Kurtua haqida nimalarni bilasiz?

Baho:
+ | -

JCH-2018ning eng yaxshi darvozaboni deb topilgan Tibo Kurtuaning chorak final doirasidagi Braziliya termasiga qarshi bahsda ko‘rsatgan o‘yini yodingizdami?

O‘shanda uning o‘ziga bo‘lgan ishonchi yuqori edi, ajoyib «seyv»larni bajardi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda esa Neymarning ajoyib zarbasini qaytardi.

Aynan shu holatdan so‘ng «pentakampeonlar»ning uylariga ertaroq qaytishlari oydinlashdi.

- Biz guruhda Angliyani yutib, «setka»ning murakkab qismiga tushdik. Asosiysi, buni chin dildan xohlagandik, zero har qanday raqibni mag‘lub etishimizga ko‘zimiz yetgandi. Braziliya bilan o‘yin fikrimga isbot bo‘la oladi, - degandi Kurtua o‘sha g‘alabadan so‘ng.

- Saviyamni ko‘rsatganimdan xursandman. Axir meni bu yil ko‘p tanqid qilishdi, ammo JCHga bejiz kelmaganimni barcha tushundi. Neymarning zarbasi yo‘nalishini topdim, u to‘pni ko‘pincha shunday usulda yo‘llaydi.

O‘sha g‘alabali oqshomda Kurtua qaysi tanqid haqida gapirdi? Hoynahoy, futbolga taalluqli emas. Chunki bahorda u shov-shuvli mojaro qahramoniga aylangandi. Belgiya termasi sobiq bosh murabbiyi Mark Vilmots beIN Sports telekanaliga bergan intervyusida, darvozabonni OAV foydasiga ayg‘oqchilik qilayotganlikda ayblagandi.

- Termada muammoga yo‘liqdim: kechki soat oltida keyingi o‘yinda maydonga tushadigan tarkibni e’lon qilishga tayyorlanayotgandik, soat 18:15da esa ro‘yxat hamma yerda chop etilibdi, - degandi Vilmots o‘shanda.

- Ya’ni futbolchilardan biri ma’lumotni chetga olib chiqqan. Ko‘p o‘tmay ayrim fransiyalik jurnalist­lar bu ishni Kurtuaning otasi qilganini ta’kidlashdi. Tibo vatanini hurmat qilmaydi. Axir raqib shu tariqa ustunlikka ega bo‘lib, vaqt­dan yutdi.

Kiperning otasi Tyerri murabbiyning barcha ayblovlarini inkor etdi, biroq bu paytga kelib tuzukkina shovqin ko‘tarilgandi. Belgiyaliklar mazkur voqea milliy jamoaning JCH-2018dagi ishtirokiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligidan hayiqishgandi. Boz ustiga, termaning hozirgi murabbiyi Roberto Martinesga nisbatan munosabat ham yaxshi emasdi.

Masalan, Meksikaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinidan so‘ng Kevin de Bryuyne jamoaning haddan ziyod himoya­ga ko‘p e’tibor qaratayotganidan nolidi. Uning so‘zlari ko‘pchilikka Kurtuaning Yevro-2016 o‘tayotgan payt Vilmots manziliga yo‘llagan tanqidlarini eslatdi.

Ammo xavotirlar bejiz edi. Kurtuaning murakkab «setka»ga tushish haqidagi so‘zlari - murabbiyning qo‘llab-quvvatlashidan boshqa narsa emas. Belgiya orzu sari dadil intilib, 3-o‘rinni egalladi. «Chelsi» posboni esa «Oltin qo‘lqop» sohibiga aylandi.

Ba’zan ikki metrli bu yigitning tezkor harakatlar bilan sakrab, o‘ta murakkab zarbalar yo‘liga to‘g‘anoq bo‘lishi g‘ayritabiiydek tuyuladi. Kurtuani bolaligidan taniydiganlar uchun esa bu yanada ajablanarli.

Zero u kichikligida o‘ta beso‘naqay va qovushmagan bola bo‘lgan. Onasi uni tez-tez shifoxonaga olib borardi: gohida barmog‘ini shikastlasa, goho oyog‘i lat yerdi, ba’zan esa boshidan jarohatlanardi...

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 07:47, 31.07.2018.
O'qildi: 4365 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик