Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya 0-0 Kalyari
03/05 17:00 OKMK 0-0 Neftchi
03/05 17:00 Selta 3-1 Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 1-0 Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut 3-0 Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo 2-0 Milan
03/05 19:15 Surxon 1-1 Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe 0-2 Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted 3-2 Liverpul
03/05 21:00 Yuventus 1-1 Verona
03/05 21:30 Betis 3-0 Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa 1-2 Tottenhem
03/05 23:45 Inter 2-0 Parma
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm - Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv - Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

Luis Enrike: «O‘z uslubimizdan chetlashmaymiz»

Luis Enrike: «O‘z uslubimizdan chetlashmaymiz»

Baho:
+ | -

Ispaniya qirollik futbol federasiyasi avvalgi hafta mamlakat milliy jamoasining yangi bosh murabbiyi - Luis Enrikeni ommaga rasman tanishtirdi.

Tadbirdan unumli foydalanishga urinishgan jurnalistlar esa «Barselona»ning sobiq ustoziga savollar bilan «hujum» uyushtirishdi. Lekin Enrike barchaga xotirjam holda javob qaytardi.

JCH-2018dagi omadsizlik haqida

- Ortda qolgan voqealarni obdon tahlil qilishimiz kerak. Shunisi aniq - Lopetegi va Yerro jamoada ajoyib ish olib borishdi. Milliy jamoa mas’ullari va federasiya prezidentidan yetarli ma’lumotlar oldim. Menga «muvaffaqiyatsizlik» iborasi yoqmaydi.

Mundialdagi salbiy natija barchamizni yanada kuchli qiladi, menimcha. Endi qanday ishlashni bilamiz. Lekin inqilob kutmanglar - terma jamoa tarkibi bo‘yicha jiddiy o‘zgarishga qo‘l urmayman. Zero, kimdir 32 yoshida ham barqaror o‘ynaydi, boshqasi esa 30 yoshida faoliyatini yakunlaydi.

Futbolchilar bilan muntazam gaplashishga moyilman. Ha, ular mendan yoshlar. Lekin muloqot - qiziq jarayon. Tabiiyki, ayrim vaziyatlarni o‘zaro muhokama qilamiz. To‘g‘ri, yakuniy qarorni o‘zim chiqaraman. Vazifam - yigitlarga oddiy narsalar - maydonda nima qilishlarini o‘rgatish.

Hozircha hech qaysi futbolchi bilan gaplashmadim. Lekin ishonchim komil, bizda ijrochilar borasida muammolar tug‘ilmaydi. Mana, iqtidorli yoshlar bosh ko‘tarishmoqda. Asosiysi, o‘z uslubimizni o‘zgartirmaymiz.

Ya’ni hujumkor o‘yin va to‘p nazoratiga ko‘proq e’tibor qaratamiz. Jamoada meni va ish prinsiplarimni yaxshi biladigan yigitlar yetarli. Tez orada tarkibni e’lon qilaman. Shunda balki bir qator «syurpriz»larga ham guvoh bo‘larsiz...

OAV bilan muloqot va o‘yin uslubi haqida

- Bizdan ko‘p narsa kutishmoqda. Buni yaxshi tushunaman va professionallikni saqlab qolishga harakat qilaman. Umidvormanki, matbuot bilan ham yaxshi aloqa o‘rnataman. Bu borada hech qachon muammoga uchragan emasman.

O‘yinimizni tobora kuchaytirib, birinchi navbatda, himoyadagi kamchiliklarni bartaraf etishimiz lozim. Bundan tashqari, zaxira o‘rindig‘ini imkon qadar «uzaytirish» kerak. Yana jahon chempionatidagidan farqli o‘laroq, golli vaziyatlarni ko‘proq yaratish ustida ishlash talab etiladi. Umuman, oldingi murabbiylar ham shuni istashgan.

Pike va Inyesta bilan bog‘liq vaziyat haqida

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 18:25, 31.07.2018.
O'qildi: 4277 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик