Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio 3-3 Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor

Sadriddin Abdullayev: «Boshqacharoq natija kutgandik»

Sadriddin Abdullayev: «Boshqacharoq natija kutgandik»

Baho:
+ | -

Superliganing 20-turi doirasida "Paxtakor"ga qarshi bahsdan keyin "Lokomotiv" tarkibida uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi sifatida qayd etilgan Sadriddin Abdullayev ham o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Chiroyli o‘yin bo‘ldi. Hali hammasi oldinda, chempionlik uchun kurash yanada qattiqroq bo‘ladi. Uchrashuvning boshida charchab qoldik, anchagina qiynaldik. O‘tgan turda "Paxtakor"dan bir kun keyin bahsda qatnashgandik. Umuman olganda, bir kun katta rol o‘ynaydi. Chunki bizning tiklanishimiz hali o‘z maromiga yetmagandi. Keyinchalik sekin-sekin o‘zimizga keldik va o‘yinimizni ham o‘zgartira oldik. To‘g‘risini aytsam, boshqacharoq natija kutgandik.

"Paxtakor" mening yuragimdagi jamoa. Bu yerda tarbiyalanganman. Hozir ham "Paxtakor"ni yaxshi ko‘raman, muxlislik qilaman. Endi esa boshqacha holat. Boshqa jamoa tarkibida o‘ynab, sevimli klubinga qarshi o‘yinda qatnashish - bu futbolning bir bo‘lagi. Barcha natija uchun kurashadi. Chempionlik uchun kurashadigan barcha olti jamoada ham imkoniyat bir hil”, - deydi Sadriddin Abdullayev.

Manba: www.lokomotiv.uz
Kiritildi: 00:35, 02.08.2018.
O'qildi: 2147 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик