Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

O‘smirlar Olimpiya o‘yinlariga lisenziyalarimiz yana ikkitaga ko‘paydi

O‘smirlar Olimpiya o‘yinlariga lisenziyalarimiz yana ikkitaga ko‘paydi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, oktyabr oyida Argentinaning Buenos-Ayres shahrida III yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston sport delegasiyasi mazkur nufuzli musobaqaga jiddiy ravishda tayyorgarlik ko‘rmoqda. Kuni kecha, Xalqaro dzyudo federasiyasining kadetlar o‘rtasidagi reyting musobaqalari yakuniy ro‘yxati e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, o‘g‘il bolalar o‘rtasida -66kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Jayhunbek Nazarov, qizlar o‘rtasida esa -52kg vazn toifasida bahslarda qatnashgan Nilufar Yermagembetova yakuniy reytingga ko‘ra o‘smirlar Olimpiadasida ishtirok etadigan bo‘lishdi.

Qayd etib o‘tish lozimki, reyting musobaqalarida qatnashgan besh nafar o‘zbekistonlik yosh dzyudochi Olimpiya o‘yinlari me’yorini bajargandi. Biroq, qoidaga ko‘ra bir mamlakatdan ko‘pi bilan ikki nafar dzyudochi o‘smirlar Olimpiadasida ishtirok etishi mumkin. O‘zbekiston dzyudo federasiyasi qaroriga ko‘ra aynan Jayhunbek Nazarov va Nilufar Yermagambetova Argentinadagi musobaqada ishtirok etish uchun tanlab olinishdi.

Shu tariqa, O‘zbekiston sport delegasiyasining Buenos-Ayres Olimpiadasi uchun lisenziyalari soni 33taga yetdi.

Bugungi kunga kelib III yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlari uchun terma jamoamiz hisobida quyidagi sport turlarida lisenziyalar mavjud:

Sport kurashlari – 5ta
Yengil atletika – 4
Boks – 3 ta
Og‘ir atletika – 3 ta
Baydarka va kanoeda eshkak eshish – 3 ta
Akademik eshkak eshish – 3 ta
Sport gimnastikasi – 2 ta
Sport akrobatikasi – 2 ta
Dzyudo – 2 ta
Trampolin – 1
Badiiy gimnastika – 1 ta
Ot sporti (konkur) – 1 ta
Taekvondo – 1 ta
Karate – 1
O‘q otish – 1

Ma’lumot uchun, 2010 yilda ilk marotaba Singapurda o‘tkazilgan o‘smirlar Olimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston terma jamoasi 21ta lisezniya qo‘lga kiritgan. 2014 yilgi Nankin Olimpiadasida esa O‘zbekiston sport delegasiyasi 28 nafar sportchidan iborat bo‘lgan. Demak, bu boradagi rekord allaqachon yangilanib bo‘ldi va bugungi kungi kelib 33 nafar o‘smirlarimiz Olimipiya o‘yinlarida ishtirok etish xuquqiga ega bo‘lib ulgurishdi. Sportchilarimiz hali suzish va tennis sport turlarida ham lisenziyalar qo‘lga kiritish imkoniga egalar.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 17:32, 02.08.2018.
O'qildi: 2043 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.