Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/01 00:45 Lasio 1-1 Komo
11/01 01:00 Rayo Valyekano 2-1 Selta
11/01 18:00 Alaves 0-1 Jirona
11/01 19:00 Empoli 1-3 Lechche
11/01 19:00 Udineze 0-0 Atalanta
11/01 20:15 Valyadolid 1-0 Betis
11/01 22:00 Torino 1-1 Yuventus
11/01 22:30 Espanyol 1-1 Leganes
12/01 00:45 Milan 1-1 Kalyari
12/01 01:00 Sevilya 1-1 Valensiya
12/01 16:30 Jenoa - Parma
12/01 18:00 Las-Palmas - Xetafe
12/01 19:00 Venetsiya - Inter
12/01 20:15 Atletiko - Osasuna
12/01 22:00 Bolonya - Roma
13/01 00:45 Napoli - Verona

Maydoni talab darajasida bo‘lmagan klublar sentyabrga qadar kelgusi rejalarini PFLga taqdim etishi shart

Maydoni talab darajasida bo‘lmagan klublar sentyabrga qadar kelgusi rejalarini PFLga taqdim etishi shart

Baho:
+ | -

Pepsi Superligada 12 ta klub to‘p surayotgan bo‘lsa, ularning hammasida ham maydon holati talabga javob bermaydi.

O‘zbekiston Professional futbol ligasi “Paxtakor”, “Lokomotiv”, “Nasaf”, “Qizilqum” hamda AGMK klublarining uy stadionlaridagi maydon chimi talab darajasida deb hisoblaydi. Qolgan jamoalar esa bu borada ish olib borishi shart. Biroq barchaga ma’lumki, stadion chimini tartibga keltirish birdaniga bo‘ladigan ish emas.

Ayni vaqtda PFL klublar infratuzilmasi, shtat jadvalini tartibga keltirish borasida qator ishlarni amalga oshirmoqda. Shuningdek, maydonlar sifati ham bunda asosiy planda bo‘lishi lozim. “Sport” telekanali bilan kelishuvga ko‘ra, Pepsi Superliganing barcha uchrashuvlari translyasiya qilib kelinmoqda. Bunda jonli reportajlar salmoqli o‘rin tutadi. Mana shunday vaqtda ayrim stadionlardagi achinarli holatlar ko‘zga yaqqon tashlanib turibdi.

Hozirda Professional futbol ligasi uchun biror-bir klubning chempion bo‘lishi yoki sovrinli o‘rinni qo‘lga kiritishi birlamchi o‘rinda emas. Bu klublar o‘rtasidagi o‘zaro raqobatdan kelib chiqadigan holat. PFL uchun klubning aslida qanday tashkil etilgani va uning talablarga qanchalik javob berishi muhim o‘rin tutadi. Madomiki ular ayni vaqtda davlat korxonalari tomonidan moliyalashtirilayotgan ekan, birinchi o‘rindagi vazifa moddiy texnik bazani yaxshilab olish bo‘lishi kerak.

Shundan kelib chiqib, Professional futbol ligasi “Bunyodkor”, “Navbahor”, “Buxoro”, “Metallurg”, “Qo‘qon-1912”, “So‘g‘diyona”, “Neftchi” kabi Superliga klublarini, shuningdek, 2019 yilgi mavsumda katta ehtimol bilan elitaga chiqishi mumkin bo‘lgan klublarni maydonlar sifatini yaxshilash bo‘yicha rasman ogohlantiradi. To‘g‘ri, “Neftchi”, “Bunyodkor” kabi klublar to‘p surayotgan maydonlar nisbatan yaxshiroq. Biroq ular ham yuqorida ijobiy ma’noda ajratib ko‘rsatilgan klublar maydoni bilan raqobatga kirisha olmaydi.

Superliga hamda mazkur liga uchun harakat qilayotgan Pro-Liga klublarida maydon talabi ko‘ngildagidek bo‘lmasa, ular sentyabr oyida PFLga o‘z rejasini taqdim etishi shart. PFL maydonlar sifati, buning uchun ketadigan aniq sarf-harajat borasida o‘z taklifini berishga tayyor. Keyinchalik esa talab ancha jiddiy bo‘ladi. Ya’ni, maydon sifati talab darajasida bo‘lmagan klublar o‘z uchrashuvlarini uyda o‘tkaza olmaydi. Oldinda vaqt bor. 2019 yilgi mavsum uchun qadamlar hozirdanoq tashlanishi kerak.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 18:19, 02.08.2018.
O'qildi: 1773 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.